O‘zbek adabiyotida Shayx Najmiddin Kubro badiiy obrazining yangilangan talqini (Omon Matjon va Xurshid Davron asarlari misolida)

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2022.4.PhD/Fil2882 raqam bilan ro'yxatga olingan. Dissertatsiya Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bajarilgan. Muallif Omon Matjon va Xurshid Davron asarlari misolida Shayx Najmiddin Kubro badiiy obrazining yangilangan talqinini o'rganadi. Tadqiqot O'zbek adabiyoti va tarixiy shaxslarning badiiy talqini bo'yicha yangi yondashuvlarni ochib beradi va zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalarini qamrab oladi. Dissertatsiyada Kubro obrazini yaratishdagi badiiy-tarixiy tamoyillari, muallif mahorati va zamonaviy adabiyot jarayoniga hissa qo'shganligi tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon adabiyotshunosligida buyuk allomalar va tarixiy shaxslar obrazini yaratish, ularni yangicha talqin etish masalasi muhim vazifa hisoblanadi. Bunday asarlar yaratgan ijodkorlarning badiiy iqtidorini o'rganish, tarixiy shaxs obrazini yaratishdagi mahoratini tahlil qilish adabiyotshunoslik ilmi uchun dolzarb masaladir. Dunyo adabiyotshunosligida ro'y berayotgan adabiy-estetik yangilanishlar tarixiy shaxslar obrazini badiiy talqin qilishda ham namoyon bo'lmoqda. Bu yo'nalishda mashhur tarixiy shaxslar, yetuk arboblar, allomalar obrazlarining yangilangan badiiy talqinini chuqur tadqiq etish asosiy vazifa hisoblanadi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mazkur muammoning oʻrganilishi XIII asr Kubro zamonasidan bugungacha davom etmoqda. O'tmishda yaratilgan og'zaki rivoyat, afsona, hikoyat, qissalar va yozma manoqib, qo'lyozma, toshbosma manbalardagi ma'lumotlar Kubro hayoti solnomasi haqidagi qisman talqinning boshlanmasi ham boʻldi. Mustaqillik davri Kubro hayoti va ilmiy-badiiy merosini, jumladan, adabiy siymosini xolis ko'lamli oʻrganishni boshlab berdi. Bu jarayonda uning asarlarini yangicha mezonlar asosida baholash va real siymosini gavdalantirishda badiiylik va tarixiylik me'yorlari muvofiqligi qaror topmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi: Shayx Najmiddin Kubro obrazining badiiy va irfoniy-falsafiy jihatdan yangilangan talqinlarini atroflicha ochib berish.
  • Tadqiqotning vazifalari: Tarixiy shaxs konsepsiyasiga yangicha yondashuvda eng zamonaviy ilmiy-estetik tafakkurga tayanish; Kubro haqidagi badiiy asarlarni alloma merosiga daxldor qoʻshimcha manba sifatida tavsiflash; ijodkorning ijod qilish manerasi, oʻziga xosligi, individualligini tahlil qilish; Kubroning she'riyat, tragediya va yangi qissalardagi siymosi talqinlarida bosh g'oya – inson va Vatan tushunchalarini tahlil qilish.
  • Tadqiqotning obyekti: Tadqiqot obyektining asosini Omon Matjonning “Dravaxonim” (“Toʻrabekaxonim”) qissasi, “Najmiddin Kubro
  • Tadqiqotning predmeti: Shayx Najmiddin Kubro obrazi adabiy-tarixiy talqinining yetakchi tamoyil va tasvir xususiyatlari.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mazkur dissertatsiya ishida Najmiddin Kubroning yozma adabiyotdagi badiiy obrazi ilk marta tizimli tarzda oʻrganilib, hozirgi davr adabiyotshunosligidagi tarixiy shaxs va voqelik konsepsiyasining yangilanish omillari ochib berilgan. Najmiddin Kubro siymosi tahlilida badiiy-tarixiy xarakter tamoyilining millatparvarlik, vatansevarlik, bashoratgoʻylik, xokisorlik, diniy va dunyoviy ilmga rag'bat kabi yetakchi xususiyatlari asoslangan. Yozma adabiyotning qissa, she'riyat, tragediya kabi janrlari asosida obrazning badiiy imkoniyatlari ruhiy tahlilning jismoniy, ma'naviy va psixologik tamoyillari negizida oydinlashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Zamonaviy adabiyot jarayonining rivojlanishiga hissa qoʻshishi, adabiyotshunoslikda tarixiy alloma obrazini yaratish tamoyillarining nazariy-ilmiy asoslari, tarixiy shaxsning hayotiy yo'li va badiiy talqin, milliy oʻziga xosliklar va ma'naviy-axloqiy qadriyatlar batafsil yoritilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Dissertatsiya shakllanishida obyektga yondashuv, qoʻllanilgan metodlar, nazariy ma'lumotlar va xulosalarning ilmiy manbalarga tayangani hamda nazariy fikrlar va xulosalar qiyosiy, psixologik, analitik hamda sinkretik tahlil usullari yordamida shakllantirilganligi ishonchlilikni ta'minlaydi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tarixiy asarlar yaratish konsepsiyasini, tarixiy haqiqat hamda badiiy talqinni, tarixiy shaxs obrazini oʻrganish va baholashga oid ilmiy izlanishlarda qoʻllanish imkoniyati mavjud. Shuningdek, dissertatsiyada ifodalangan fikrlar va xulosalar tarixiy shaxsning ma'naviyati va ruhiyatini, nasriy asarlarni yangilangan badiiy talqin va tarixiy haqiqat nuqtayi nazaridan tahlil qilish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga manba sifatida xizmat qiladi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya materiallari oliy ta'lim muassasalarining filologiya fakultetlarida, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqitiladigan fakultetlarda maxsus kurslar yoki seminar mashg'ulotlari tashkil etishda, umumta'lim maktablari, litsey va kollejlar uchun metodik qoʻllanma sifatida samarali qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek, "Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy ishlar rejasi hamda “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” kabi amaliy loyihalarda foydalanilgan.