Individual yondashuv orqali talabalarning ijodiy qobiliyailarini rivojlaniirish metodikasi

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatga olingan. Tadqiqot Chirchiq davlat pedagogika universitetida bajarilgan boʻlib, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini individual yondashuv asosida optimallashtirish metodikasi (pedagogik mahorat fani misolida) mavzusiga bagʻishlangan. Dissertatsiya ta'lim jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonning nazariy jihatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ta'lim jarayoni sub'yektlarini ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, individual yondashuvga muvofiq talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modelini takomillashtirish hamda baholash mezonlarini takomillashtirish va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi, pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishi hamda talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam berishi aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Jahonda zamonaviy ta'lim jarayonida talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim strategik yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Bu borada Amerikada sun'iy intellekt asosida moslashtirilgan ta'lim tizimlari keng joriy qilinmoqda. Shuningdek, Angliyada ta'limda individual yondashuvni ta'minlash uchun Bloom taksonomiyasi va “Design Thinking" metodlari, Germaniyada dual ta'lim tizimi talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirish, Janubiy Koreya va Rossiya kabi rivojlangan davlatlar ta'lim tizimida "Tashabbuskor ta'lim" modeli va "Kvantorium” loyihasi doirasida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlar ishlab chiqilgan turli metod va texnologiyalar keng qoʻllanilmoqda.
  • Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati talabalarga individual yondashgan holda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlar, talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik xususiyatlari, mazmuni, texnologik qurilishi, didaktik vaziyatlarni yaratish, motivatsiyani hosil qilish, ijodiy qobiliyatlarini faoliyatni tashkil etish yo'llarining ishlab chiqilganligi, talabalarda kreativlikni shakllantirishning ijodiy qobiliyatlarini hissiy- emotsional jihatlari, talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan hamda pedagogika fani talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan ilmiy- metodik tavsiyalar bilan boyitilgan.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta'lim jarayonida individual yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalar asosida ta'lim jarayonida individual yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun individual ta'lim trayektoriyalarini takomillashtirish va pedagogik fanlarni o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv asosidagi shaxsga yo'naltirilgan ta'limni ishlab chiqish, ta'lim jarayonida ta'lim oluvchiga xos indikatorlarni ixtisoslashgan, individuallashgan va tabaqalashgan ta'limga muvofiq ishlab chiqilgan metodikalari asosida takomillashtirish, ta'lim samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-metodik asoslardan "Iqtidorli bolalar psixologiyasi" darsligini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish boʻyicha pedagogik faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan.
  • Umumiy xulosalar: Ta'lim jarayonida talabalarni individual yondashuv asosida ijodiy qobiliyatlarini optimallashtirish-zamon talabi boʻlib, bu pedagogik yondashuvning o'zi o'qituvchining shaxsiy yondashuviga, talabalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv ijtimoiy talablar va pedagogik ehtiyojlarni qondirish uchun zarurdir. Talabalarni individual yondashuv asosida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogik va psixologik omillar juda muhim rol o'ynaydi. Psixologik jihatlarni inobatga olish, talabalarning shaxsiy ehtiyojlari va potensiallarini aniqlash, ta'lim jarayonida kreativlikni rivojlantirishda samarali boʻladi. Ta'lim jarayonida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda o'quv dasturlarining standartlashtirilganligi, ta'limda individual yondashuvning yetarli darajada amalga oshirilmasligi va ijodiy faoliyatni baholashning murakkabligi kabi muammolarni bartaraf etish uchun innovatsion pedagogik yondashuvlar zarur.