Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jixozlash

Ushbu kitob "Avtomobil yoʻllarini obodonlashtirish va jixozlash" fanining ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • Yo'l harakatiga xizmat ko'rsatish tizimini loyihalash: Harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini loyihalash. Harakatga xizmat ko‘rsatish turlari va inshootlari. Haydovchi va yo‘lovchilarning dam olish joylari va ularga kompleks xizmat ko‘rsatish inshootlari. Haydovchi va yo‘lovchilarning dam olishini tashkil etish va ularga kompleks xizmat ko‘rsatish asoslari. Avtomobil yo‘llaridagi xizmat ko‘rsatish komplekslarining tasnifi va joylashishi. Yo‘l xizmati komplekslarining turlari va joylashishi. Dam olish va kompleks xizmat ko‘rsatish joylarida transport vositalari uchun to‘xtab turish maydonchalari. Yo‘l bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish komplekslarini loyihalashning asosiy qoidalari. Xizmat ko‘rsatish tizimi elementlarini joylashtirish modeli. Yo‘lda qisqa muddatli dam olish maydonchalarini joylashtirish. Madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini joylashtirish. Harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini loyihalash uslubi. Harakatga xizmat ko‘rsatish komplekslari. Avtomobil yo‘llaridagi harakatga xizmat ko‘rsatish va arxitektura-manzarali obodonlashtirish darajasini baholash. Rivojlangan davlatlarning avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish bo‘yicha tajribalari.
  • Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish: Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi. Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirilgan joylarning vazifasi. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari. Ekinlarni parvarishlash, o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash. Daraxtzorlarni hisobga olish va himoya qilish.
  • Avtomobil yo‘llarini jihozlash: Yo‘l to‘siqlari. Yo‘l to‘siqlarining vazifasi va tasnifi. Yo‘naltiruvchi to‘siqlar. To‘xtatuvchi to‘siqlar. Yo‘l to‘siqlarini o‘rnatish. Ko‘prik qatnov qismi va unga kirish yo‘lida o‘rnatiladigan to‘siqlar. Ta’mirlash joylarini to‘sish uchun ishlatiladigan yo‘naltiruvchi vositalar. Yo‘l belgilari. Yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlarining turlari va vazifalari. Yo‘l belgilari va yo‘l belgi chiziqlarining turlari, ularning qo‘llanilishi. Yo‘l belgilarini o‘rnatishning umumiy tamoyillari. Harakat sharoitida yo‘l belgilarini qo‘llash. Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash. Avtomobil yo‘llarini jihozlashni samaradorligini baholash.
  • Piyodalar aloqa yo‘llari: Piyodalar aloqa yo‘llarining turlari. Piyodalar yo‘lakchalarini loyihalash. Piyodalar o‘tish joylari. Piyodalar o‘tish joylarida harakatni tashkil etish.
  • Aloqa vositalari: Yo‘l aloqasining vazifasi va tasnifi. Avtomobil yo‘llaridagi umumiy foydalanish aloqasi. Avtomobil yo‘llaridagi texnologik yo‘l aloqasi.
  • Atrof muhitni muxofaza qilish: Transport shovqinini kamaytirish. Avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlarning ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari.
  • Avtomobil yo‘llarining intellektual transport tizimi: Yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi. Intellektual transport tizimi. Avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimi.