Ички юқумсиз касалликлар

Ushbu kitob veterinariya oliy o'quv yurtlari talabalari uchun "Ichki yuqumsiz kasalliklar" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. Unda ichki yuqumsiz kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi, belgilari, tashxisi, davolash va oldini olish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy profilaktika asoslari. Dispanzerlash: Fanning ta'rifi, tarixi, maqsad va vazifalari, umumiy profilaktika va dispanserlashning nazariy asoslari bayon etilgan.
  • Umumiy terapiya asoslari: Davolash tamoyillari, usullari va fizioterapiya haqida ma'lumot berilgan.
  • Yurak va qon-tomirlar tizimining kasalliklari: Tizimning asosiy funktsiyasi, kasalliklar tasnifi va sindromlari, perikardit haqida ma'lumot berilgan.
  • Nafas tizimining kasalliklari: Nafas tizimi kasalliklarining tarqalishi, iqtisodiy zarari, tasnifi va asosiy sindromlari, rinit, laringit haqida ma'lumot berilgan.
  • Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari: Tizim kasalliklarining tarqalishi, iqtisodiy zarari, tasnifi va sindromlari, stomatit, faringit (angina), qizilungach kasalliklari haqida ma'lumot berilgan.
  • Jigar kasalliklari: Jigar kasalliklarining tarqalishi, iqtisodiy zarari, tasnifi va sindromlari, o'tkir parenximatoz gepatit, jigar distrofiya haqida ma'lumot berilgan.
  • Ayirish tizimining kasalliklari: Ayirish tizimining kasalliklarining tasnifi va sindromlari, nefrit, pielonefrit, nefroz, urotsistit haqida ma'lumot berilgan.
  • Qon tizimining kasalliklari: Gemopoezning mohiyati, qon kasalliklarining tasnifi va sindromlari, postgemorragik anemiya haqida ma'lumot berilgan.
  • Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari: Parrandalarda hazm tizimining kasalliklari, nafas tizimining kasalliklari, modda almashinuvining buzilishlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari: Yosh hayvonlar organizmining anatomik-fiziologik hususiyatlari, dispepsiya, bronhopnevmoniya haqida ma'lumot berilgan.
  • Zaharlanishlar: Zaharlanishlarning turlari va iqtisodiy zarari, tasnifi va sindromlari. Trihodesmotoksikoz haqida ma'lumot berilgan.