Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan
Ushbu kitob qishloq xo'jaligini rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, hosildorlikni yaxshilash, zararkunandalarga qarshi kurash, ilm-fanning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati kabi dolzarb masalalarni qamrab olgan.
Asosiy mavzular
- Dehqonchilik tizimi: Dehqonchilik tizimi to'g'risida tushuncha, dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv) tizimi, dehqonchilikning ekstensiv tizimi, zamonaviy dehqonchilik tizimlari va ularning tarkibiy qismlari.
- Ilmiy izlanish asoslari fanining asosiy maqsadi, vazifalari, tadqiqotlar tarixi: Agronomiyada ilmiy tekshirish ishlarining maqsadi, vazifalari, roli, zaruriyati, O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishda ilmiy tekshirishning roli, ilmiy tekshirish ishlarining qisqacha tarixi, O'zbekistonda ilmiy tekshirish ishlarining imkoniyatlari.
- Dala tajribasi va uning xususiyatlari: Dala tajribasi oldiga qo'yilgan asosiy talablar, dala tajriba uslubining asosiy elementlari.
- Tuproq unumdorligi, madaniyligi, strukturasi va haydalma qatlam tuzilishi: Tuproq unumdorligi va uning turlari, tuproq madaniyligi va uni yaxshilash usullari, tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati va yaxshilash usullari.
- Tuproqning suv rejimi hamda ularni boshqarish usullari: O'simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari, tuproqdagi suvning shakllari, tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari.
- Tuproqning havo va issiqlik rejimlari hamda ularni boshqarish usullari: O'simliklar hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning kimyoviy tarkibi, Tuproq havo rejimini uni donadorligiga, namligiga, unga ishlov berilishiga va suv rejimiga bog'liqligi. Havo rejimini boshqarish usullari, tuproqdagi issiqlik manbalari.
- Tuproqning ozuqa rejimi hamda uni boshqarish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlarining oziq elementlariga bo'lgan talabi, o'simlik hayotida makro va mikroelementlar hamda o'simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli, dehqonchilikda azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o'simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati, Tuproq oziq rejimini boshqarish usullari.
- Begona o'tlar, ularning zarari va biologik xususiyatlari: Begona o'tlar haqida tushuncha, ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari, begona o'tlarning biologik xususiyatlari. (serurug'liligi, urug'lar unuvchanligining o'zoq yillar saqlanishi, urug'larni har hil muddatlarda unib chiqishi), begona o'tlarning ko'payishi va tarqalish yo'llari.
- Begona o'tlarning biologik guruhlari va hisobga olish usullari: Begona o'tlar klassifikasiyasi (biologik guruhlari), Notekinxo'r begona o'tlar va ularning guruhlari, Tekinxo'r begona o'tlar va ularning turlari, Dalalarni begona o'tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari va xaritasini tuzish.
- Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifati: Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar, yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish, tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi.
- Kuzgi shudgor, haydalma qatlam qalinligini oshirish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda kuzgi shudgorning ahamiyati, kuzgi shudgorni o'tkazish muddatlari, chuqurligi, yerni kuzda qo'sh qavatlab shudgorlash, haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari.
- Bahorgi haydov. Bedapoya va ang'izni haydash: Yerni bahorda haydash sabablari. Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan kamchiliklari, tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni o'tkazish muddati, chuqurligi. Bedapoyalarni haydashda yo'l qo'yiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari, ang'iz va uni ishlash tizimi. G'alla ekinlaridan bo'shagan yerlarni yerlarni shudgorlash muddati va uni sifatli qilib o'tkazish tadbirlari.
- Shudgor va uning turlari. Yerni ishlash sonini minimallashtirish: Shudgor, shudgor turlari va ularni amalga oshirish tizimi. Lalmikorlikda toza shudgor-almashlab ekishning asosiy elementi, Band shudgor, uni o'tkazish sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish va uning ahamiyati.
- Yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov berish. Qishloq xo'jalik ekinlarini ekish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. Tekislash usullari: joriy, qisman va asosiy tekislash. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish: Qatqaloqni yumshatib, tuproqda nam saqlash; yumshoq qatlam hosil qilish; urug'larning qiyg'os unib chiqishi uchun sharoit yaratish; begona o'tlarga qarshi kurash. Yerni ekin ekkandan keyin ishlash. Qator oralari ishlanadigan ekinlarga ishlov berish. Yoppasiga ekilgan kuzgi va bahorgi ekinlarga ishlov berish. Qishloq xo'jalik ekinlarini ekish usullari, qishloq xo'jalik ekinlarini o'z vaqtida va sifatli ekishning ahamiyati. Ekish muddat- lari, ekish chuqurligi, urug' ekish meyori va o'simliklarni oziqlanish maydoni.
- Almashlab ekish: Almashlab ekish va uning ahamiyati, Almashlab ekish turlari, Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta'siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.
- Dala tajribasida variatlarini joylashtirish usullari: Variantlarni standart usulda joylashtirish, Variantlarni sistematik usulda joylashtirish, Rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o'ziga xosligi.
- Ilmiy agronomiyaning usullari. Dala tajribasi va uning xususiyatlari: O'rganish uslublari, Agronomiyada (dehqonchilikda) tadqiqotlarning uslublari: a)Laboratoriya, b)Vegetasion, lizimetrik, dala-vegetasion, dala tajribalari, dala tajribalari va ularning xususiyatlari.