СОЛИҚ НАЗАРИЯСИ

Ushbu kitob soliq nazariyasi, soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishi, soliqlar va makroiqtisodiy holatning oʻzaro bogʻliqligi hamda soliq siyosati va uni amalga oshirish yoʻnalishlari kabi masalalarni oʻrganadi.

Asosiy mavzular

  • Soliq nazariyasining predmeti va mazmuni: Soliq nazariyasi fani, uning ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatidagi mohiyati, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, tadqiqot usullari va soliq kategoriyasi haqida ma'lumot beriladi.
  • Soliqlar va soliq munosabatlarining tarixi: Soliqlarning paydo boʻlishi, rivojlanish bosqichlari, mamlakat hududida soliqlar, Amir Temur va Temuriylar davridagi soliqlar hamda sobiq Ittifoq davridagi soliqqa yondashuvlar ko'rib chiqiladi.
  • Soliqlar haqida ilmiy qarashlar va nazariyalar: Iqtisodiy ta'limotlarda soliqlar, umumiy va xususiy soliq nazariyalari, klassik soliq nazariyasi, keynschilik va monetarizm nazariyalari tahlil qilinadi.
  • Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, zarurligi, umumiy belgilari, funksiyalari va vazifalari hamda soliqqa tortish tamoyillari o'rganiladi.
  • Soliq siyosati va uning yoʻnalishlari: Soliq siyosati, uning huquqiy asoslari, davlatning roli, Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yoʻnalishlari keltirilgan.
  • Soliq elementlari: Soliq elementlarining mohiyati, tarkibi, soliq imtiyozlari, soliqni undirish usullari va soliq mexanizmi tahlil qilinadi.
  • Soliq tizimining shakllanishi: Soliq tizimining mohiyati, soliq tizimini guruhlash tartibi, toʻgʻri va egri soliqlar, umumdavlat va mahalliy soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hamda Oʻzbekiston soliq tizimining rivojlanish bosqichlari yoritiladi.
  • Soliqlar va makroiqtisodiy holatning bogʻliqligi: Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi, soliq yuki, Laffer egrisi, soliqlarning talab va taklifga taʼsiri hamda soliqlar va investitsiyalar oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻrib chiqiladi.
  • Soliq ishini tashkil etish asoslari: Soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslari, tarkibiy tuzilishi, vazifalari va funksiyalari, boshqa organlar bilan hamkorligi haqida ma'lumot beriladi.