Тизимли тахлил асослари
Kitob tizimli tahlil asoslarini yoritadi. Unda tizimli yondashuv metodologiyasi, matematik modellashtirish, optimallashtirish masalalari, tizimli g'oyalarning tarixi va tizimlar nazariyasi kabi mavzular ko'rib chiqiladi. Kitobning maqsadi tizimli tahlil texnologiyalarining amaliy va nazariy asoslarini ifodalashdan iborat.
Asosiy mavzular
- Tizimli yondashuv tamoyillari: Tizimli tadqiqot nazariyasi, tizimli uslubiyotning rivojlanishi, tizimli yondashuvning tarqalish sabablari, tizim va uning xususiyatlari, tizimning sinflanishi.
- Tizimli modellashtirish: Statik va dinamik modellar, regression modellar, imitatsion modellar, bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtirish, modellashtirish obyektlarining sinflanishi, modellashtirishning asosiy bosqichlari, modelning asosiy xususiyatlari, misol yechilishida Dyuri modelining qo'llanishi.
- Tizimni dekompozitsiyalash va agregativlash: Tizimli tadqiqotlarda tahlil va sintez, tizim modellari dekompozitsiya asosi sifatida, dekompozitsiya jarayonini algoritmlash, agregativlash, emerjentlash, tizimning ichki yaxlitligi, tizim strukturasi va dekompozitsiyasi, tizimning dekompozitsiyasi, tizimni loyihalash.
- Murakkab tizimlarda qaror qabul qilish: Qaror qabul qilish masalalarining sinflanishi, qaror qabul qilish modellari, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, ko'p qirrali masalalarni yechish usulini tanlash va qidirish, o'yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari, ommaviy xizmat ko'rsatish tizimlarining tasnifi.
- Tizim tahlilining matematik usullari: Geometrik interpritatsiya chiziqli dasturlashning asosiy masalasi (CHDAM), geometrik usullar bilan masalani yechish, masalalar tadqiqi, simpleks usul, optimal yechim topish usullari, transport masalalari, transport masalasini yechish usullari.