Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari
Ushbu kitob "Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari" fani bo'yicha tayanch ma'ruzalar to'plamidir. Unda talabalarga fan xususiyatlari, O'zbekiston miqyosida eksport va import sohasidagi faoliyat yuritayotgan korxona va firmalarning strategik yo'l tanlashlariga oid bilimlar beriladi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari yoritiladi.
Asosiy mavzular
- Tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati, maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzu iqtisodiyotni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatning o'rni, ochiq iqtisodiyot tushunchasi, uning ahamiyati va rivojlantirish omillari, xalqaro mehnat taqsimoti mazmuni va ahamiyati, TIFning rivojlanish muammolarini qamrab oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish: Ushbu mavzu tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyati va xususiyatlari, davlatning tashqi savdo siyosati va strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati mohiyati va tamoyillarini o'z ichiga oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tizimi va mexanizmi: Ushbu mavzu tashqi savdo jarayonlarining tasniflanishi, tashqi iqtisodiy faoliyatda vositachilik operatsiyalari va ularning tasnifi, tashqi iqtisodiy faoliyatda hamkorlik munosabatlari va ularni rasmiylashtirish tartibi, tashqi iqtisodiy faoliyatda ijara munosabatlarini qamrab oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport ta'minoti: Ushbu mavzu tashqi iqtisodiy faoliyatdagi transport operatsiyalari, tashqi savdodagi yuk tashuvini huquqiy tartibga solish, transport operatsiyalariga xarajatlarni baholash kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni sug'urtalash: Ushbu mavzu sug'urta faoliyati va uni ahamiyati, tashqi iqtisodiy aloqalarni sug'urtalashning mazmuni va uning turlari, tashqi iqtisodiy faoliyatni sug'urta qilishni tashkil etish va uni hujjatlashtirish, O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozorining rivojlanishi masalalarini qamrab oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatda investitsiyalar: Ushbu mavzu investitsiya mohiyati va shakllari, O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati va dasturi, tashqi iqtisodiy faoliyatda investitsiyalarning tutgan o'rni va qo'shma korxonalarni tashkil etish xususiyatlari va faoliyatini o'z ichiga oladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat va narxning shakllanishi: Ushbu mavzu raqobatning mohiyati, shakllari va usullari, monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari, O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik, narxning mazmuni, vazifalari va turlari, narx siyosati va uning O'zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlarini o'z ichiga oladi.
- Tashqi iqtisodiyo faoliyatda bojxona tizimi: Ushbu mavzu tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxonaning tutgan o'rni va ahamiyati, O'zbekiston Respublikasi bojxona xizmatining tashqil topishi va rivojlanishi, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining bojxona siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona vositachilarining ishtirok etishi masalalarni o'z ichiga oladi.