Globallashuv asoslari
Kitobda globallashuv jarayonining mohiyati, xususiyatlari, oqibatlari, uning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy taraqqiyotga ta'siri, axloqiy va madaniy o'zgarishlar, milliy o'zlikni anglash masalalari, demografik jarayonlar, texnologiya va axborotning roli, ma'naviy immunitet va g'oyaviy kurash, dinlararo muloqot, ekstremizmga qarshi kurash va jamiyatni axborotlashuv kabi masalalar keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Globallashuvning mohiyati: Globallashuvning ta'rifi, xususiyatlari,Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon boʻlish yoʻllari. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari. Globallashuv toʻlqinlari, davrlari. Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida. Globallashuv fenomen sifatida, Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud boʻlib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e'tirof etishadi
- Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari: Ilm fan va texnika taraqqiyoti masalalari. Dunyo miqyosida roʻy berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari. Insoniyatga tahdidlar va ularni hal etishda hamkorlikning roli. Xulq atvor strategiyasi va taktikasida subyektivlikning namoyon boʻlishi. Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga oʻtishi. Globallashuvning obyektiv maqsadi.
- Dinlar o'zaro ta'sirining globallashuvi: Dinning madaniyat fenomeni sifatida o`ziga xos xususiyatlari. Din globallashuvining mezonlari. Islomning globallashuvi talqini. Globallashuv davrida dinlararo muloqot va tolerantlik masalasi
- Siyosiy jarayonlarning globallashuvi: Globallashuv va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Siyosiy jarayonlardagi integratsiya. Dunyoviy hokimiyat tarmoqlararo hokimiyat (BMT, NATO xalqaro valyuta fondi va jahon banki) tizimining ahamiyati. Suverinitetning qaror qabul qilish global tizimining muhim muammosi. Global siyosiy tizimlar doirasida demokratiyaning yangi shalki – manipulyativ demokratiyaning paydo boʻlishi.
- Globallashuv va axborot texnologiyalari: Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari. Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi. Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari. Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari.
- Globallashuv va modernizatsiya: Globallashuvva modernizatsiya ijtimoiy transformatsiya jarayoni sifatida. Modernizatsiyalashgan jamiyatda innovatsiyalarning globallashuvi. Globallashuv postindustrial texnologik ishlab chiqarish vositasiga oʻtishning sharoiti sifatida. Hozirgi davr fanining global imkoniyatlari. Ta'lim va tarbiyaning global bozor iqtisodi sharoitiga moslashishining zarurligi. Milliy maktab taʼlim tizimida vorisiylikni taʼminlash, multimadaniy universitet taʼlimini rivojlantirish omillari.
- Migratsiya jarayonlarining globallashuvi: Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi. Aholi globallashuvining mehnat bozorining o`sishiga ta`siri. Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli. Migratsiya jarayonlarining mehnat malakasining oshirishdagi roli. Jahon iqtisodiy tizimi globallashuvining oliy malakali kadrlar migratsiyasining shakllanishiga ta`siri.