Tayyorlash, payvandlash va mоntaj ishlarining tеxnika va tеxnоlоgiyasi
Ushbu kitobda qurilish sohasida, xususan, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha) hamda kasb ta'limi yo'nalishlari uchun tayyorlash, payvandlash va montaj ishlarining texnikasi va texnologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob qurilish ishlariga kiradigan tuproq, g'isht terish, beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini montaj qilish kabi ishlarni bajarish texnikasini qamrab oladi, shuningdek injenerlik tarmoqlariga oid maxsus tayyorlash, payvandlash va montaj ishlarining texnika va texnologiyasini batafsil yoritadi. Kitobda markaziy isitish, issiq suv ta'minoti, ventilyatsiya, gaz ta'minoti, sovuq suv ta'minoti, ichki sanitariya va oqova suv tizimlari inshootlarining asbob-uskunalarini montaj qilish, sinash, bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish kabi masalalar bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Yer ishlari: Gruntlarning asosiy xususiyatlari, ularni tayyorlash va turli usullarda (mexanizatsiyalashgan, zichlab teshish, ezib kirgizish, gorizontal parmalash) ishlov berish. Handak va katlovanlarni qazish, tuproq bilan qayta to'ldirish hamda yer qazish mashinalari haqida ma'lumotlar.
- Beton va temir-beton ishlari: Beton va temir-beton ishlariga tayyorgarlik, qoliplarni yig'ish va o'rnatish, armaturalar bilan ishlash, qorishma tayyorlash, betonni quyish va zichlantirish usullari. Qish sharoitida beton ishlari va ularning o'ziga xosliklari, shuningdek mehnat muhofazasi masalalari.
- Qurilish konstruksiyalari montaji: Injenerlik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun yig'ma temir-beton kanallarni va kollektorlarni, temir-beton tutun mo'rilarini yig'ish, konstruksiyalarni montaj qilish usullari va texnika xavfsizligi.
- Izolyatsiya (qoplama) ishlari: Gidroizolyatsiya va uning materiallari, poʻlat quvurlar va konstruksiyalarni korroziyaga qarshi gidroizolyatsiya qilish usullari. Quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi materiallari va ularni qo'llash.
- Markazlashtirilgan tayyorlash ishlari: Markazlashtirilgan tayyorlash ustaxonalari, ularning tuzilishi va vazifalari. Sanitar texnikasi tizimining tugunlarini tayyorlash texnologiyasi.
- Markaziy isitish tizimlarining montaji: Isitish tizimlarida ishlatiladigan material va jihozlar, qizdirish asboblarini yig'ish, quvurlarni tayyorlash va yig'ish, sozlash, hamda avtomatik tizimlarni o'rnatish.
- Ichki gaz ta'minoti tizimlarini montaji: Gaz ta'minoti tizimlarining elementlari, ularni yig'ish va sinash. Suyultirilgan gaz qurilmalarining montaji, gaz taqsimlash stansiyalari, yer osti quvurlarining chuqurligi va nishabligi hamda xavfsizlik choralari.
- Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini montaji: Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarining jihozlari va materiallari, ventilyatsiya tizimlarining hisoblash bosimi va jihozlarini yig'ish.
- Qozonxona uskunalarini montaji: Qozonxonalarda ishlatiladigan quvurlar va jihozlar, GRP, GRU, GTQ, GTS larni montaj qilish. Gaz taqsimlash punktlari va stansiyalarini joylashtirish.
- Texnologik quvurlarni montaji: Poʻlat quvurlarni biriktirish usullari (rezba, flaneslar, payvandlash), choʻyan quvurlarni yig'ishda rastrublarni kengayuvchi sement bilan zichlash. Qumli gruntlarni zichlash texnologiyalari.