Arxeologiya asoslari fanidan ma’ruza matnlari

Ushbu kitob arxeologiya fanining asoslarini, O'zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanish tarixini, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza, temir va antik davrlar arxeologiyasini, shuningdek, ilk o'rta asrlar va rivojlangan o'rta asrlar davri arxeologik yodgorliklarini o'rganadi. Kitobda O'rta Osiyo va O'zbekiston hududidagi arxeologik topilmalar, ularning ahamiyati va madaniy taraqqiyotdagi o'rni keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Arxeologiya asoslari: Arxeologiya fanining rivojlanish tarixi, arxeologiya fanining maqsad va vazifalari, arxeologik davrlashtirish va xronologiya.
  • O'zbekistonda arxeologiya fanining paydo bo'lishi: Chor Rossiyasi va sovet xukmronligi davrida O'zbekistonda arxeologiya fani. Mustaqillik yillarida arxeologiya fani taraqqiyoti. O'zbekistonda arxeologiya faniga hissa qo'shgan olimlar. Shaharlarning yubiley tantanalari.
  • Paleolit davri arxeologiyasi: Paleolit - tosh davrining dastlabki bosqichi. Paleolit davrining o'rganilish tarixi. Paleolit davrining xo'jalik xususiyati va shakllari. Osiyo, Yevropa va Afrikaning paleolit davriga oid yodgorliklari tavsifi.
  • Mezolit davri arxeologiyasi: Mezolit davrining o'rganilish darajasi, xronologiyasi va davrlashtirish. Yevropa hududida mezolit. Rossiya va Kavkaz hududida mezolit. O'rta Osiyoning mezolit davri yodgorliklari. Mezolit davri san'ati.
  • Neolit davri arxeologiyasi: Neolit davri xususiyatlari va xronologiyasi. Yevropa va Rossiya hududida neolit. O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari (Joytun, Kaltaminor, Sazag'on va Hisor madaniyatlari).
  • Eneolit davri arxeologiyasi: Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi. Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari. Qurilish va me'morchilik. Kulolchilikning mukammallashuvi. Eneolit davri san'ati.
  • Bronza davri arxeologiyasi: Bronza davriga tavsif. Yevropa va Kavkaz hududlarida bronza davri. Eron, Afg'oniston va Hindistonning bronza davri yodgorliklari.Rossiya hududidagi bronza davri madaniyati (afanasev va andronovo madaniyatlari).
  • Temir davri arxeologiyasi: Temir davriga umumiy tavsif. Urartu davlati madaniyati. Ckif va sarmat qabilalari madaniyati. Rossiya hududida ilk temir davri
  • Antik davri arxeologiyasi: Antik davr haqida umumiy maʼlumot. Shimoliy Qora dengiz hududidagi antik davr davlatlari. Kavkaz hududidagi antik davlatlar Sibir hududidagi antik davr madaniyati.
  • Ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi: Ilk o'rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyot. Ibodatxonalar, saroy va uy-joy me'morchiligi. San'atning yuksalishi.
  • Rivojlangan o'rta asrlar davri arxeologiyasi: O'rta Osiyoda arablar bosqini oqibatlari. Movarounnahr, Xuroson, Farg'ona IX-XII asrlarda. O'rta Osiyoda mo'g'ullar bosqini oqibatlari. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyatning rivojlanishi.