Dehqonchilik va melioratsiya
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma dehqonchilik va melioratsiya fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga mo'ljallangan. Qo'llanmada tuproq strukturasini aniqlash, tuproqning hajmiy massasini hisoblash, dala namligini aniqlash, begona o'tlarga qarshi kurash usullari, almashlab ekishni loyihalash, sug'orish rejimini tuzish kabi mavzular yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha amaliy topshiriqlar va ularni bajarish uslublari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Tuproq strukturasini aniqlash va uning shakllarini o'rganish: Tuproqning tarkibi, uning o'simliklar hayoti uchun ahamiyati, strukturaning unumdorlikka ta'siri, tuproq kesakchalari va ularning turlari, suvga chidamlilik, tuproq strukturasini buzuvchi omillar, tiklash yo'llari, N.I.Savvinov uslubi
- Tuproqning hajmiy massasini aniqlash va uning umumiy kovakligini, fazalarining hajmini hisoblash: Hajmiy og'irlik ta'rifi va ahamiyati, aniqlash uslubi, tuproq namunalari olish, hajmni hisoblash, hajmiy massani hisoblash, kovaklik va fazalar hajmini hisoblash
- Tuproqning dala namligini aniqlash va uning umumiy nam zaxirasini, optimal hamda fiziologik foydali qismlarini hisoblash: Tuproq namligi ta'rifi va ahamiyati, aniqlash muddatlari va usullari, namuna olish uslubi, nam zaxirasini hisoblash, og'irlik va hajmga nisbatan foizda ifodalash, optimal va fiziologik foydali qismlarni hisoblash
- Tuproqning cheklangan dala nam sig'imini laboratoriya sharoitida aniqlashni o'rganish: Nam sig'imi ta'rifi va turlari (kapillyar, to'liq, dala maksimal), O'zbekiston tuproqlarining nam sig'imi bo'yicha guruhlanishi, aniqlash uslubi
- Begona o’tlarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlarini o’rganish: Begona o'tlarning dehqonchilikka zarari, biologik klassifikatsiyasi (parazit va noparazit), g'o'za va beda ichida o'sadigan begona o'tlar, urug'lar kollektsiyasi, hisobga olish usullari
- Almashlab ekishni loyihalash va uning rotatsion jadvallarini tuzishni o'rganish: Almashlab ekishning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati, sxemasi, rotatsiyasi, qo'llash, loyihalash uslublari, ekin maydonlari strukturasi, paxtachilikda qo'llaniladigan sxemalar va jadvallar
- Tuproqdagi suv va tuz miqdorlarini aniqlash: Tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorlarini aniqlash maqsadi, hisoblash uslubi, sho'r yuvish me'yorlarini belgilash, agromeliorativ tadbirlar
- O'simlik hujayrasi shirasining va tuproq eritmasining kontsentratsiyasini aniqlash va ekinlarni sug'orish muddatlarini belgilash: O'simlik shirasining va tuproq eritmasining kontsentratsiyasini aniqlash ahamiyati, uslubi, refraktometr yordamida aniqlash, ekinlarni sug'orish muddatlarini belgilash
- Minerallashgan suvlarning g'o'zani sug'orishga yaroqliligini aniqlash: Minerallashgan suvning ta'siri, ruxsat etilgan minerallashganlik darajasi, aniqlash uslubi, N.T.Minashina ifodasi, chora-tadbirlar
- Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish rejimini tuzishni o'rganish: Sug'orish rejimi ta'rifi, suvga bo'lgan talabni aniqlash, mavsumiy sug'orish me'yorlarini aniqlash, sug'orishlar sonini aniqlash, A.N.Kostyakov ifodasi, ekinlar suvga umumiy ehtiyoji
- Almashlab ekish dalasi uchun sug'orish gidromoduli grafigini tuzishni o'rganish: Sug'orish gidromoduli ta'rifi, almashlab ekishdagi ekinlarni sug'orish rejimi, grafikni tuzish uslubi, tabaqalashtirilgan sug'orish gidromoduli
- Zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan maydonlar uchun sho'r yuvish me`yorlarini aniqlash: Sho'r yuvish ta'rifi va ahamiyati, zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan sharoitlarda sho'r yuvish me'yorlarini aniqlash uslublari, A.E.Nyerozin ifodasi, I.F.Muzichik taklifi