Qаdriyatlаr fаlsаfаsi
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv dasturi asosida, 5111600-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada "Qadriyatlar falsafasi" fanining asosiy mavzulari, xususan, qadriyatshunoslik tarixi, nazariyasi, jamiyat qadriyatlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mustaqillik va yangi qadriyatlar tizimi kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga uslubiy yordam berishga qaratilgan bo'lib, fanni o'rganishda zarur bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Qadriyatshunoslik tarixi va nazariyasi: Ushbu bob qadriyatshunoslik fanining predmeti, mavzulari, maqsad va vazifalari, qadriyatshunoslikning sharqona ildizlari, G'arbdagi rivojlanish bosqichlari, aksiologik ong va qadrlash tuyg'usi, qadrlash va qadrsizlanish muammolarini o'rganadi.
- Jamiyat qadriyatlar sohasi va tuzilishi: Ushbu bobda moddiy-iqtisodiy qadriyatlar, inson hayoti va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri, madaniy-ma'naviy qadriyatlar, ularni inson va jamiyat hayotidagi o'rni, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, demokratik tamoyillarni joriy qildirish asoslari, axloqiy, badiiy-estetik qadriyatlar, ularning tiklanishi va ahamiyati, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning mushtarakligi, mustaqillik va yangi qadriyatlar tizimi masalalari ko'rib chiqiladi.
- Qadriyatlar va ularning komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati: Ushbu bob insonlarning din, xulq-atvori va estetik go'zallikka bo'lgan ehtiyojlarini qondirib bo'ysunishning ahamiyati, tarkibini aniqlash uchun yaratildi. Usha qadriyatlar asosida insonni qanday tarbiyalash masalalari korsatib berilgan.