ANALITIK VA ORGANIK KIMYO
Ushbu o'quv-uslubiy majmua oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, analitik kimyo va organik kimyo fanlarini o'rganishga bag'ishlangan. Majmua kafedra yig'ilishi bayonnomasi, o'quv dasturi, ishchi dastur, ta'lim texnologiyasi, masalalar va mashqlar to'plami, testlar, nazorat savollari, ma'ruza, laboratoriya va seminar ishlanmalari kabi elementlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Analitik kimyo fanining vazifalari va metodlari. Sifat analizining nazariy asoslari: Analitik kimyo fanining mohiyati, vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Sifat analizining nazariy asoslari, massalar ta'siri qonuni, eruvchanlik ko'paytmasi va gidroliz jarayonlari batafsil tahlil qilingan.
- Massalar ta'siri qonunining geterogen sistemalarga qo'llanilishi. Kimyoviy muvozanat: Massalar ta'siri qonunining geterogen sistemalarga qo'llanilishi, kimyoviy muvozanat tushunchasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar hamda dissotsilanish darajasi kabi mavzular ochib berilgan.
- Miqdoriy analizning nazariy asoslari. Titrimetrik analiz va uning mohiyati: Miqdoriy analizning nazariy asoslari, gravimetrik va titrimetrik analiz usullari, eritmalar konsentratsiyasi va titrlash jarayonlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Organik kimyo predmeti: Organik kimyo fanining predmeti, O'zbekistonda organik birikmalar ishlab chiqarish, organik birikmalarning tuzilishi, izomeriyasi va nomlanishi kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Alifatik to'yingan uglevodorodlar: Alkanlar, ularning tabiatda uchrashi, gomologik qatori, tuzilishi, nomlanishi, fizik-kimyoviy xossalari va izomeriyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Alifatik to'yinmagan uglevodorodlar: Alkenlar, ularning olinish usullari, tabiatda uchrashi, elektron tuzilishi, nomlanishi, izomeriyasi va kimyoviy xossalari batafsil yoritilgan.
- Atsetilen va dien qatori uglevodorodlari: Alkinlar va dienlarning tuzilishi, izomeriyasi, nomlanishi, kimyoviy xossalari, olinish usullari va ishlatilishi batafsil bayon etilgan.
- Kislorodli organik birikmalar. Spirtlar: Spirtlar, ularning tuzilishi, izomeriyasi, nomlanishi, kimyoviy xossalari, olinish usullari va qo'llanilishi haqida ma'lumot berilgan.
- Aldegid va ketonlar: Aldegidlar va ketonlarning tuzilishi, izomeriyasi, nomlanishi, kimyoviy xossalari, olinish usullari va qo'llanilishi haqida ma'lumot berilgan.
- Aromatik birikmalar: Aromatik uglevodorodlar, tuzilishi, Xyukkel qoidasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, kimyoviy xossalari, ularning xosilalari va ahamiyati batafsil yoritilgan.
- Uglevodlar: Monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar. Ularning tabiatda uchrashi, tuzilishlari, nomlanishi, kimyoviy xossalari va ahamiyati ko'rib chiqilgan.
- Aminokislotalar: Aminokislotalarning tuzilishi, tabiatda uchrashi, nomlanishi, fizik-kimyoviy xossalari, olinish usullari va ahamiyati batafsil yoritilgan.
- Oqsillar: Oqsillarning tuzilishi, olinish usullari, kimyoviy xossalari, ahamiyati batafsil yoritilgan.
- Tabiiy va sintetik polimerlar: Yuqori makekulali birikmalarning tabiatda uchrashi, vakillari, sinetik polimerlar va reaksiyalari hamda ahamiyati batafsil yoritilgan.