Yer (tuproq) ulkan boylik bo`libgina qolmay, mamlakatimizning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir

Ushbu kitob Oʻzbekiston togʻli hududlarining tuproqlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Kitobda tuproqlarning genezisi, morfologiyasi, xossalari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish masalalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, tuproqlarning oʻqitish metodikasi va ulardan foydalanish istiqbollari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy va amaliy ahamiyatga molikdir va tuproq qoplamini ekologik muhofazalash boʻyicha ilmiy amaliy ahamiyat kasb etadi.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston tog' hududlarining tabiiy-tarixiy sharoitlari: Ushbu bobda Oʻzbekiston togʻ hududlarining geologiyasi, geomorfologiyasi, iqlimi, gidrogeologiyasi, oʻsimlik qoplami va inson faoliyati kabi tabiiy-tarixiy sharoitlari batafsil yoritilgan.
  • O'zbekiston tog' va tog' oldi hududlari tuproqlari: Mazkur bob Oʻzbekiston togʻ va togʻ oldi hududlarida tarqalgan tuproq tiplari, ularning genezisi, morfologiyasi va xossalariga bagʻishlangan.
  • O'zbekiston tog' tuproqlari: Ushbu bobda togʻ jigarrang tuproqlari va ularning xossalari, agrokimyoviy tavsifi batafsil ko'rib chiqilgan.
  • O'zbekiston tog' hududlari tuproqlarini o'qitish metodikasi: Mazkur bobda Oʻzbekiston togʻ hududlari tuproqlarini oʻqitish metodikasi, tuproqni dalada tekshirish, morfologik belgilarini oʻrganish va mikroorganizmlar sonini aniqlash usullari yoritilgan.