Umumiy yer bilimi

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma pedagogika institutlarining geografiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, umumiy yer bilimi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishga yordam beradi. Qo'llanma fan dasturi asosida tuzilgan bo'lib, unda har bir mavzu bo'yicha topshiriqlar, kartalar, jadval ma'lumotlarini tahlil qilish kabi amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanlar tizimi. Geografiya fanlari tizimi: Fanning vazifalari, maqsadlari va turlari haqida ma'lumot berilgan. Tabiiy, ijtimoiy va texnika fanlari tizimiga kiruvchi fanlar ko'rsatilgan. Tabiiy fanlar oldida turgan asosiy vazifalar va ilmiy-tadqiqot ishlari yo'nalishlari keltirilgan.
  • Umumiy yer bilimi fanining rivojlanish tarixi. Fanning maqsad va vazifalari.: Qadimgi davrdan to XX asrgacha bo'lgan fan rivojlanishining asosiy bosqichlari yoritilgan. Fan oldiga qo'yilgan maqsadlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar aniq ochib berilgan.
  • Koinot haqida tushuncha: Olam, metagalaktika, galaktika, yulduzlar, Quyosh tizimi, sayyoralar, yo`ldoshlar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar, kometalar va h.k. haqida tushunchalar berilgan. Galaktikalarning shakllari elliptik, spiralsimon va noto`g`ri ekanligi ta'kidlab o'tilgan.
  • Quyosh tizimi.Quyosh. Sayyoralar.Oy: Quyosh tizimining tuzilishi, Quyosh, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, yo`ldoshlar, changlar va gazlardan iboratligi haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Sayyoralarning harakat qonunlari va Quyoshdagi jarayonlar haqida tushunchalar berilgan.
  • Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqida gipotezalar: Kosmogonik gipoteza va undagi osmon jismlarining paydo bo`lishi to`g`risidagi qarashlar bayon etilgan. I.Kantning «Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan gipoteza tahlil qilingan. Kant-Laplas kosmogonik gipotezasi va O.Yu.SHmitd nazariyasiga asosiy e'tibor qaratilgan.
  • Yerning sayyora sifatidagi taʼrifi: Yer va boshqa sayyoralarning o`xshash va farqli jihatlari tahlil qilingan. Yer yadrosi, mantiyasi, po`sti kabi qismlardan tashkil topganligi, tuzilishi, hajmi va harorati haqida ma'lumot berilgan. Yerning shakli va kattaligiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
  • Yerning harakati va uning geografik oqibatlari: Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Yerning sutkalik harakati, Yer – Oy umumiy og`irlik markazi atrofida aylanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Ularning geografik oqibatlari tushuntirilgan.
  • Magnitosfera: Magnitosfera tushunchasi, magnit og`ishi, magnit meridian va qutblari haqida tushunchalar berilgan. Yu Quyosh shamoli magnitosfera so`ngra atmosferaga kirib keladi. Yer yuzasining har bir nuqtasida kompasning magnit strelkasi kuchlangan magnit liniyalariga parallel joylashadi. Magnit maydonining o`lchamlari quyidagilardan iboratligi aytib o'tilgan.
  • Geografik qobiq va uning xususiyatlari: Geografik qobiq to`g`risida tushuncha, Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi, Geografik qobiqning moddiy tarkibi, Geografik qobiqning muhim xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Yerning ichki tuzilishi: Yerning tuzilishi va tarkibi, uchta tashqi qobiqlari bilan doimo o`zaro ta'sirda bo`lishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Yadro, mantiya va Yer po`stining hududiy va geologik tuzilishi va geokimyoviy holati tushuntirilgan.
  • Litosfera. Yer po'stining tuzilishi: Litosfera to`g`risida tushuncha, Yer po`sti va uning tuzilishi, Yerning planetar relefi, Litosfera plitalari va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Geoxronologik jadval. Platformalar, geosinklinallar. Asosiy tog` hosil bo`lish bosqichlari: Yerning geologik tarixi, eralari va davrlari haqida ma'lumotlar berilgan. Platformalar va geosinklinallarni taqqoslash,tog` tizimlari haqidagi bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.
  • Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqida GIPOTEZALAR: Asosiy gipotezalar haqida qisqacha ma'lumotlar, shu jumladan, Kant-Laplas kosmogonik gipotezasi, O. Yu. Shmidt nazariyasi, Gravitatsion tabaqalanish tushunchasi haqida qisqacha ma'lumot berilgan
  • TEKISLIKLAR VA ULARNING TURLARI: Tekisliklar, ularning hosil bo'lishi, tuzilishi,hamda relyeflari haqida ma'lumotlar berilgan
  • MORFOSKULPTURA REL’YEF SHAKLLARI: Yer yuzidagi noteksliklarga rel’ef deb ataladi. Morfoskulptura relyef shakllari ekzogen kuchlar ta'sirida shakllanadi va rivojlanadi. Morfoskulptura rel'ef shakllariga flyuvial, karst, suffoziya, surilma, glyasial (muz), muzloq, eol (shamol) ta'sirida vujudga keladigan rel’ef shakllari kiradi.
  • GIDROSFERA VA UNING TUZILISHI: Gidrosfera Yer po`sti va atmosferaning o`rtasida joylashgan. Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iboratligi va ularning umumiy xususiyatlari tavsiflangan.
  • Quyosh tizimi haqida ma'lumot: Navoiy davlat pedagogika instituti «Tabiatshunoslik» fakulteti “Geografiya va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Yu.B.Raxmatov va katta o'qituvchisi M.M. Qodirovalarning “Umumiy yer bilimi” fanidan tayyorlagan ta'lim texnologiyalari majmuasiga TAQRIZ.
  • HAVO MASSALARI: Yer yuzasida havo massalarining kelib chiqishi, harakati, turi va uning xususiyatlari hamda ularning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan