XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Namangan viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi, Pop tumani Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli №64-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tarix fani o'qituvchisi Sharipova Odinaning 9-sinflar uchun jahon tarixi fanidan bir soatlik ochiq darsi ishlanmasi keltirilgan. Dars ishlanmasi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf "Jahon tarixi" fanidan Davlat ta'lim standartlari va o'quv mavzu rejasi asosida tayyorlangan. Ishlanmada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya tarixiga oid ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Yaponiyaning siyosiy tuzumi: Syogunlar va imperatorning qo`sh hokimligi, Yaponiyada bozor munosabatlariga yo`l ochilishi, Imperator Mutsixito tomonidan ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to`sqinlik qilgan qonun va tartiblarni bekor qilishi.
  • Meydzi islohotlari: Hukumat boshlig`i ARISUGAVA tashkilotchiligida Iqtisodiy sohada tubdan yangilanish,Evropa bilan iqtisodiy sohalarda yaqinlashish davri. Er erkin olindi, sotishga ruxsat berildi.
  • Yaponiyada ijtimoiy islohotlar: 1871 - yil huquqsiz quyi tabaqalar haqidagi qonun bekor qilindi. 15 - 18 soat o`rniga 10-8 soat ish vaqtini joriy etilishi. Barcha tabaqa vakillari kasb tanlashga teng huquqli bo`ldilar.
  • Yaponiyada iqtisodiy taraqqiyot: To`qimachilik sanoati, Bankirlar sanoat korxonalarini sotib oldilar, sanoat korxonalarining xususiy qilib sotilishi. Yaponiya hukumatining og`ir industriyani rivojlantirishga alohida e`tibor berishi.
  • Yaponiya davlat boshqaruvi: 1889 – yili Konstitutsiya qabul qilinishi. Davlat tepasida IMPERATOR turishi. Yashirin kengash. Vazirlar kengashi. PARLAMENT
  • Yaponiyaning tashqi siyosati: Aholining kambag`alligi. Yaponiyaning bosqinchilik maqsadlari. Qurollanish poygasining boshlanishi. 1895 yilda Simonoseki sulhi. 1904 – 1905 yilda Yaponiya – Rossiya urushi.