Atrof - muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Navoiy davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik fakulteti talabasi Shamsiyeva Mahzuna Toshqulovnaning "Atrof-muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillari" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi hisoblanadi. Unda atrof-muhitning dolzarb ekologik muammolari, ularning inson salomatligi va biosferaga ta'siri, shuningdek, muammolarni hal etish choralari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda tadqiqot predmeti va ob'ekti, mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili, globallashuv davrida insonning ijtimoiy, biologik va ekologik imkoniyatlarini maqbul holatga keltirish masalalari yoritilgan.
  • Asosiy qism: Atrof-muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillarining tasnifi, hozirgi zamon ekologiyasining tizimlari. ekologik omillar va ularni tasniflash, organizmlarning atrof-muhit omillariga moslashuvi,ijtimoiy va iqtisodiy omillar hamda mintaqa biosferasiga antropogen omillarning ta'siri dinamikasi masalalari yoritib berilgan.
  • Ijtimoiy omillar: Insonning moslashuvi va ekologiyasi. Kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishida qonuniy jarayon bo`lgan fan-texnika inqilobi inson va tabiat munosabatlarida sifat jihatdan yangi bosqichlar. Ayni chog`da u bir qator yangi muammolarni yuzaga keltiradiki, ular ichida insonning ijtimoiy va biologik moslashuvi, yani adaptasiyasi muhim o`rin egallaydi.
  • Atrof-muhitning abiotik omillari: Atrof muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin omillaridan iboratdir. Asosiy iqlimiy omillar quyidagilardan: Quyoshning bo`shliqqa elektromagnit to`lqinlari ko`rinishda tarqaluvi nurli energiyasi. Yer sathining nurli energiyasi va nur oqimining davomligi hamda jadalligi bilan belgilanuvchi eritganligi. Atmosfera havosining suv bug`lariga to`yinishi bilan bog`liq namligi Atmosferaning gaz tarkibi. Yer sathi harorati. Havo massasi harakati (shamol). Atmosfera bosimi.
  • Tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar: Yirik hududiy sanoat majmualari joylashgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari; Orol va Orol bo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish; Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar; Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi; O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish va hokozolar.