Коллоид кимё
Kitob kolloid kimyo faniga bag'ishlangan bo'lib, unda kolloid sistemalar, ularning xususiyatlari, olinishi, tozalanishi, barqarorligi, koagulyatsiyasi, molekulyar-kinetik va elektr xossalari, optik xususiyatlari hamda ishlab chiqarish va tabiatni muhofaza qilishda tutgan o'rni kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, kitobda laboratoriya ishlari mavzulari va ularning mazmuni ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kolloid sistemalar va ularning vazifasi: Kolloid kimyo fanining rivojlanishiga o'zbek olimlarining qo'shgan hissasi, kolloid sistemalar tushunchasi, geterogenlilik va disperslik o'lchami, kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi, tabiat va sanoatdagi ahamiyati.
- Kolloid sistemalarni olish va tozalash. Mitsellaning tuzilishi: Kolloid sistemalarni olish usullari (maydalash va kondensatlash, peptizatsiya), mitsella va uning buzilishi, kolloid sistemalarni tozalash (dializ usuli).
- Kolloid sistemalarning optik xususiyatlari: Kolloid sistemalar tomonidan nurning yutilishi va sochilishi, kolloid sistemalarning turli rangga ega bo'lish sabablari.
- Kolloid sistemalarning molekulyar-kinetik xususiyatlari: Kolloid sistemalarda broun harakati, diffuziya va uning tezligi, osmotik bosim va uning qiymati, agregativ va sedimentatsion analiz (Figurovskiy ishlari, Figurovskiy torozisi).
- Kolloid sistemalarning elektr xossalari va barqarorligi, koagulyatsiya: Ikkilamchi elektr qavatining paydo bo'lishi va tuzilishi, elektrokinetik potensial, elektroforez va elektroosmos, koagulyatsiya va uning kinetikasi, Shuльц-Гард qoidasi, kolloid sistemalarning o'zaro koagulyatsiyasi, agregativ va sedimentatsion barqarorlikning yo'qolishi, zolning gelga aylanishi, gellarning xillari, gellarning «eskirishi».
- Dispers sistemalarning strukturaviy-mexanik xossalari: Kolloid sistemalarda strukturalarning paydo bo'lishi va o'ziga xos tomonlari, strukturaviy qovushqoqlik (Eynshteyn formulasi), dispers sistemalarning strukturaviy mexanik xossalari, siljitish kuchlanishi, oquvchanlikning xillari, reologiyaning kolloid sistemalarni o'rganishda qo'llanilishi.
- Gaz holidagi dispers muhitli tizimlar: Aerozollar, ularning olinishi va yo'qolish (buzilish) usullari, aerozollarning ahamiyati.
- Suyuq va qattiq holidagi dispers fazalik tizimlar: Suspenziyalar, emulsiyalar (emulsiyalarning klassifikatsiyasi, emulgatorlar, sirt aktiv moddalar), latekslar, kupiklar.
- Ishlab chiqarish jarayonida va tabiatni muhofaza qilishda dispers sistemalarning roli: Havoni gaz holatidagi qattiq chang chiqindilaridan tozalash, suvning ifloslanishi va uni muhofaza qilish, suvni tozalash usullari, ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan dispers sistemalar va ulardan foydalanish.