Jahon qishloq xo’jaligi
Ushbu kitob Jahon qishloq xo'jaligi masalalariga bag'ishlangan. Unda qishloq xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, rivojlanish tendensiyalari, tarmoq tarkibi, geografik joylashuvi va alohida mamlakatlardagi xususiyatlari keng yoritilgan. Oziq-ovqat muammosi va uni hal qilish yo'llari ham tahlil qilingan. Asosan O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Namangan Davlat Universiteti talabalari uchun mo'ljallangan darslik hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- Qishloq xo`jaligining ijtimoiy va hududiy tashkil qilish xususiyatlari: Qishloq xo'jaligining tabiiy sharoitga bog'liqligi, mavsumiyligi, tarmoq tarkibi, hududiy tashkil etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri va O'zbekiston sharoitidagi ahamiyati.
- «Ko'k inqilob» va uning moxiyati: «Ko'k inqilob»ning kelib chiqishi, maqsadlari, amalga oshirilish yo'llari, donli ekinlar xosildorligini oshirish, irrigatsiya va melioratsiya, zamonaviy texnika, mineral o'g'itlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun asos yaratish. Hamda kamchiliklari va ta'siri.
- Ziroatchilik va uning tarmoq tarkibi: Ziroatchilikning ahamiyati, don xo'jaligi, texnika ekinlari, sabzavotchilik, bog'dorchilik va uzumchilik. Asosiy ekinlar (bug'doy, makkajo'xori, sholi), moyli, tolali va rag'batlantiruvchi ekinlar. Dunyo agroiqlimiy va tuproq resurslari.
- CHorvachilik va uning tarmoq tarkibi: CHorvachilik tiplari (aralash tog', rancho, yaylov, tundra, aralash intensiv), sut xo'jaliklari. Yirik shoxli xayvonlar, qo'ychilik va echkichilik, cho'chqachilik, parrandachilik. Ozuqa bazasi, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish. Chorvachilikning iqtisodiy ahamiyati.
- Dunyo mamlakatlarida qishloq xo'jaligi ijtimoiy - iqtisodiy tiplarining xususiyatlari: Iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo'jaligining xususiyatlari, agrobiznes, fermer xo'jaliklari, plantatsiyalar, dehqon xo'jaliklari, oziq-ovqat muammosi va uni hal qilish yo'llari.