Механизациялаштириш ва автоматлаштириш асослари

Ushbu uslubiy qoʻllanma Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan boʻlib, Termiz davlat universiteti talabalari uchun moʻljallangan. Qoʻllanma "Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asoslari" fanidan tajriba mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalarni oʻz ichiga oladi. Qoʻllanma mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, robototexnika, zamonaviy dastgohlar va boshqa mavzularni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Avtomatik tizimlar: Avtomatik tizimlar tuzilishi, elementlari, turlari (ochiq, yopiq). Nazorat qilish, rostlash, kuzatish, boshqarish tizimlari. Avtomatik tizimlarga qo'yiladigan talablar.
  • Datchiklar: Datchiklarning vazifasi, turlari (parametrik, generator). Elektrik datchiklar. Parametrik datchiklar (tenzometrik, sig'im, induktiv). Generator datchiklar (fotoelektrik, pyezoelektrik). Datchiklarning asosiy tavsiflari.
  • Relelar: Relelarning vazifasi, turlari (elektromagnit, issiqlik, optik). Elektromagnit relelar tuzilishi va ishlash prinsipi. Relelarning asosiy tavsiflari.
  • Ijrochi elementlar: Ijrochi elementlarning vazifasi va turlari (elektrik, pnevmatik, gidravlik). Avtomatik tizimlarda ishlatiladigan ijrochi elementlar. Ijrochi elementlarga qo'yiladigan talablar.
  • Stanoklarni donali zagotovkalar bilan ta'minlash qurilmalari: Stanoklarni donali zagotovkalar bilan ta'minlash qurilmalarining tuzilishi. Magazinlar, bunkerlar, yig'gichlar, nav ta'minlagichlar va boshqa mexanizmlar. Qurilmalarning ishlash rejimi.
  • Texnologik jixozlarni avtomatik boshqarish tizimlari: Jarayonni boshqarish tizimi, avtomatik boshqarish tizimlarining turlari. Boshqarishning markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralash turlari. Dasturta'minot turlariga ko'ra boshqarish tizimlari.
  • Avtomatik liniyalar: Avtomatik liniyalarning tuzilishi va qurilmalari. Liniyalarning turlari. Ishlab chiqarishda avtomatik liniyalarni qo'llanilishi. Avtomatik liniyalarni boshqarish tizimlari.
  • Sanoat robotlari: Sanoat robotlarining tuzilishi, ishlashi, vazifasi. Robotlarning turlari. Harakat koordinatalari. Sanoat robotlarining kinematikasi.
  • Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari: Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MICHТ) tushunchasi. MICHТ darajalari. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex va zavodlar.