Микро ва макро иқтисодиёт

Ushbu kitob "Mikro va makroiqtisodiyot" fanining oʻquv dasturi boʻlib, unda talabalarga mikro va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, tushunchalar, ularning oʻzaro aloqasi, makroiqtisodiyotni tartibga solish zarurligi va davlatning roli, iqtisodga davlatning aralashuv usullari, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish xarajatlari, oligopoliya va monopolistik raqobat, ishlab chiqarish omillarining bozori, kapital bozori, iqtisodiy samaradorlik va uni oshirish yoʻllari haqida tushunchalar beriladi. Shuningdek, fanning Oʻzbekistondagi oʻtish davridagi alohida vazifasi, milliy iqtisodiyotda iqtisodning bir xilda boʻlishini taʼminlash choralari, mehnat muammosi va bandlik, aholi daromadi va uning tabaqalanishida tenglashtirish usuli, milliy iqtisodiyotga tashqi dunyo taʼsiri kabi muammoli mavzularga eʼtibor qaratiladi.

Asosiy mavzular

  • Kursning predmeti, maqsad va vazifalari: Fanning asosiy maqsadi, vazifalari, makroiqtisodiyotning asosiy agentlari va ularning oʻzaro bogʻliqligi, mikroiqtisodiyotning hozirgi kundagi asosiy muammolari.
  • Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar: YaMM va uning iqtisodiy ahamiyati, xalq xoʻjaligi balansi tizimida ijtimoiy mahsulot, milliy hisobchilik tizimining mohiyati.
  • Bozor va iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli: Turli iqtisodiy tizimlarda davlatning vazifasi, davlat tomonidan monopoliyaga qarshi kurash yoʻllari, Oʻzbekistonda raqobat muhitini shakllantirish.
  • Makroiqtisodiy tahlil: Jami talab va taklif: Jami talab va unga taʼsir etuvchi omillar, jami taklif va unga taʼsir etuvchi omillar, narxning muvozanatli darajasi va ishlab chiqarish muvozanatli real hajmiga taʼsiri.
  • Makroiqtisodiy beqarorlik: Ishsizlik va inflyatsiya: Ishsizlik va uning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari, turlari, ishsizlik va inflyatsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik.
  • Iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy sikllar: Iqtisodiy oʻsishning mohiyati va turlari, iqtisodiy oʻsish modellari, iqtisodiyotning siklik tebranishi.
  • Mikroiqtisodiyot va bozor: Bozor haqida tushuncha va uning mohiyati, noyob neʼmatlarning taqsimlanishining bozor mexanizmi, noyob resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari.
  • Mulkchilikning turli shakllari va bozor iqtisodiyotiga oʻtish asoslari: Mulkchilik va mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, uning shakllari va hozirgi kunda mulkka boʻlgan munosabatlarni roʻyobga chiqarish shakllari, iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning oʻrni.
  • Korxona (firma) - iqtisodiyotning quyi boʻgʻini sifatida: Korxonalar haqida tushuncha, korxonalarning hozirgi kundagi faoliyati, uning boshqaruvda mehnat jamoasining ishtiroki, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakllari.
  • Korxona fondlari, ularning aylanishi va tarkibi: Korxona fondlari, ularning aylanish bosqichlari, doiraviy aylanishning 3 bosqichi, ishlab chiqarish fondlarini, Oʻzbekiston Respublikasi sanoatida asosiy ishlab chiqarish fondlarining turlari tarkibi haqidagi maʼlumotlar.