Электр тармоклари ва тизимлари
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, 5310200 – "Elektr energetikasi" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalariga mo‘ljallangan. Kitob elektr tarmoqlari va tizimlarining asosiy tushunchalari, hisoblash usullari, rejalashtirish tamoyillari, kuchlanishni rostlash, quvvat balansini ta’minlash, va energiya isrofini kamaytirish kabi muhim mavzularni qamrab olgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy misollar va testlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Elektr ta'minoti tizimlarida elektr tarmoqlari: Kursning maqsad va vazifalari, elektr tarmoqlarining asosiy elementlari, belgilashlar sistemasi va hisoblashlar uchun ishlatiladigan asosiy ifodalar.
- Transformatorlar va avtotransformatorlarning almashtirish sxemalari: Ikkita va uchta chulg'amli transformatorlarning tuzilishi, katalog va hisob parametrlari, avtotransformatorlarning xarakterli xususiyatlari.
- Elektr tarmoqlarining barqaror holati: Elektr tarmoqlari sxemalari, barqaror holatning chiziqli va egri chiziqli tenglamalari, EUL holatini yuklama toki va quvvati berilganda hisoblash.
- Kuchlanish pasayishi va isrofi: 35 kV dan past kuchlanishdagi tarmoqlarni hisoblash, kuchlanish isrofi va pasayishini aniqlash, EUL holatini hisoblashda quvvat taqsimoti.
- Quvvat taqsimoti va isrofi: Sodda ochiq va yopiq elektr tarmoqlarda kuchlanish va quvvat oqimlarining taqsimlanishi, isroflarni hisobga olish va olmaslik usullari.
- Elektr ta'minoti tizimlarining turli aspektlari: Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash, elektr energiyasining sifat ko'rsatkichlari, kuchlanishni rostlash usullari va qurilmalari, loyihalash vazifalari va usullari.
- O'tkazgichlar va kabellarning ko'ndalang kesim yuzalari: O'tkazgichlar va kabellarning ko'ndalang kesim yuzalarini tanlash usullari, iqtisodiy zichlik, iqtisodiy intervallar, yuklama grafiklari bo'yicha hisoblash.