Energiya ishlab chiqarish texnologiyalari
Ushbu kitob qozonxonalar va issiqlik energetika tizimlarining issiqlik sxemalarini hisoblash, ularning elementlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda reduksion sovutish qurilmalari (RSQ), uzluksiz yuvish separatorlari, suv isitish qurilmalari, kondensat baklari va deaeratorlar kabi asosiy elementlarning vazifalari, tuzilishi va hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Kitobda qozon qurilmalarining prinsipial issiqlik sxemasini hisoblash bo'yicha topshiriqlar, dastlabki qiymatlar, issiqlik sxemasini hisoblash tartibi va misollar keltirilgan. Shuningdek, to'yinish chizig'idagi suvning issiqlik-fizik xususiyatlari, suv va suv bug'i parametrlari jadval ko'rinishida taqdim etilgan. Kitobning oxirida asosiy belgilarning ruyxati berilgan.
Asosiy mavzular
- Reduksion sovutish qurilmasi (RSQ): RSQ vazifasi bug' parametrlarini pasaytirish va suv yordamida bug' haroratini pasaytirishdan iborat. Sovutkichda suvning asosiy qismi bug'lanadi. RSQ issiqlik hisobi issiqlik muvozanati yordamida hisoblanadi.
- Uzluksiz yuvish separatorining tuguni (separator): Qozon agregati barabanining uzluksiz yuvilishini amalga oshirishdan maqsad qozonxona suvi tarkibidagi tuz miqdorini kamaytirishdir. Yuvish suvi bilan yo'qotiladigan issiqlik va kondensat miqdorini kamaytirish uchun separator-kengaytirgichlar qo'llaniladi.
- Suv isitish qurilmasi: Suv isitkichlar qozonxonalarda va IEMlarda ta'minot va tarmoq suvini qizdirishda hamda qozon qurilmasining yuvish suvini sovitishda qo'llaniladi. Yuzali suv isitish qurilmalarida issiqlik almashish jarayoni metal yuzalar orqali bajariladi.
- Kondensat baklari: Kondensatni tehnologik iste'molchilardan qaytishi yokilgi tejashga va qozon agregatining ta'minot suvi sifati yaxshilanishiga erishiladi. Kondensat yig'ma kondensat bakiga yig'iladi.
- Deaerator: Kislorod va karbonat angidrid suvda erishi qozon qurilmasi quvurlari, armaturalarda boshqa qurilmalarda isish yuzalarining emirilishiga olib keladi. Shuning uchun suv qozon qurilmasiga berilishidan oldin deaerasiya qilinadi.