«Yоsh bоg’bоn» to’garak dasturi
Kitob "Yosh bog'bon" to'garagi uchun dastur bo'lib, maktab o'quvchilarini mevali daraxtlar o'stirishga o'rgatish, agromaydonchalarda tajriba o'tkazish, mehnat samarasi va iqtisodiy foydasini tushuntirishga qaratilgan. Dasturga meva va rezavor mevalarni yetishtirish, ularni parvarishlash va hosildorlikni oshirish usullari kiradi. Shuningdek, kitobda bog'dorchilikka oid mavzular ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mevachilik, uning turlari: Mevachilikning ahamiyati, O'zbekistonda o'sadigan meva turlari, tajriba xo'jaliklarida meva yetishtirish usullari bilan tanishish.
- Meva va rezavor meva ekinlarining tavsifi: Asosiy meva va rezavor meva ekinlari hamda ularning O'zbekiston hududida joylashuvi. Bog'dorchilikda nav tushunchasi. Respublikamizda o'stiriladigan asosiy navlar. Navlarning biologik ko'rsatkichlari.
- Meva ko'chatlari. Meva va rezavor meva o'simliklarini vegetativ ko'paytirish usullari: Ayrim meva turlarini vegetativ ko'paytirish usullari. Payvandtak va payvando'st - payvandlangan ko'chatning tarkibiy qismidir. Payvandtak va payvando'stning o'zaro ta'siri. Payvando'stga qo'yiladigan talablar.
- Meva navlarining urug'lari va payvandtaglarni urug'dan ko'paytirish: Meva navlari urug'larining biologik hususiyatlari. Urug' tayyorlash. Urug'ni mevadan ajratib olish yo'llari: quritish, xillash va saqlash. Urug'ning sifatiga qo'yiladigan talablar hamda uni aniqlash yo'llari.
- Ko'chatzorni barpo etish: Meva ko'chatzori barpo etishdan maqsad, ularning bog'dorchilikni rivojlantirishdagi rolini aniqlash. Har bir tumanda, jamoa ho'jaliklarida ko'chatzorlar barpo qilishning zarurligi. Ko'chatzorlarning tarkibiy qismlari.
- Ko'chatzorning birinchi dalasini barpo etish va uni parvarish qilish: Ko'chatzorni birinchi dalasini barpo etishda maydonchani tayyorlash. Ko'chatlarni ekishga tayyorlash. Payvandtaklarni ekish vaqti va muddatlari. Ekish texnikasi, ko'chatlarni parvarish qilish, sug'orish, qo'shimcha oziqlantirish, tagini yumshatish.
- Ko'chatzorning ikkinchi va uchinchi dalalarida ko'chat etishtirish: Kurtak payvandlarni parvarish qilish. Kurtak payvandlarni bahorda tekshirish. Payvand tutmagan payvandtaklarga qayta payvand qilish. Payvandtaglardagi bosqichlarni kesib tashlash. Yozgi novdalar, ularni parvarish qilish, shox-shabbaga shakl berish.
- Meva bog'i barpo etish: Meva bog'i barpo etish uchun joy tanlash. Tuproqning sifatini baholash. Joyning tabiiy sharoitiga to'g'ri keladigan meva navlarini tanlash. Navlarni joylashtirish. Boqqa meva daraxtlarni joylashtirish. Ko'chat o'tkazishdan oldin tuproqni tayyorlash.
- Yosh meva bog'larini parvarish qilish: Meva o'simliklari er ustki qismlarining ildiz sistemasining rivojlanishiga bog'liq bo'lishi, yosh mevali daraxtlarning o'sish xususiyatlariga ko'ra, tashqi muhit sharoitiga bo'lgan talablari. Meva o'simliklarini o'sishini ularni o'z vaqtida etilishini tezlashtiruvchi tadbirlar.
- Hosilga kirgan bog'larni parvarish qilish: Daraxtlardan har yili yuqori hosil olishda ularni tez o'stirish hamda hosilga kirgan bog'larni parvarish qilish. Hosilga kirgan bog'larni tuprog'ini ishlash. Hosildorlikni oshirishda o'g'itlarni roli. Har xil turdagi meva daraxtlari tagiga o'g'itlar solish, o'g'itlar normasi, vaqt va o'g'itlash usullari.
- Hosildorlikni oshirish yo'llari: Hosilni oshirishda asalarilarning roli. Meva daraxtlariga tirgovich qo'yish. Daraxtlardagi mevalarni hosilni oz-ko'pligini aniqlash va mevalarni yig'ib olish muddatlari. Hosilni yig'ib terib olish. Mevalarni terish texnikasi va ularni saqlash.
- Subtropik o'simliklar etishtirish: O'zbekistonda ekiladigan asosiy subtropik o'simliklar (anjir, anor, xurmo) Subtropik o'simliklarni tashqi sharoitga bo'lgan talablari. Hitrus o'simliklarni tuvaklarda o'stirish va ularni parvarish qilish. Subtropik meva o'simliklarni parvarish qilish.
- Rezavor ekinlar va ularning ahamiyati: Rezavor ekinlarning ahamiyati. Rezavor ekinlarning O'zbekistondagi xozirgi ahvoli va kelajakda rivojlanishi. Respublikamizda ekilayotgan asosiy rezavor ekinlar va ularning tarqalishi. Yovvoyi rezavor o'simliklardan foydalanish va ularni selektsiya ishlaridagi ahamiyati.
- Qulupnay, malina, qoraqat: Kulupnay, malina, qoraqatlarning rivojlanishida morfologik va biologik xususiyatlari. Ko'paytirish yo'llari. O'zbekistonda o'stiriladigan asosiy navlar: o'stirish hususiyatlari. Ko'chat ekish uchun joy tanlash. Tuproqni ishlash, ug'it saqlash, o'simliklarni joylashtirish.
- Yashil daraxtlarni ahamiyati, turlari va ularni ekish: Yashil daraxtlarning turlari, hiyobonlar, madaniyat bog'lari. Manzarali daraxtlar, butalarning urug'larini tayyorlash va saqlash. Tuproqni ekishga tayyorlash. Urug'dan unib chiqqan manzarali daraxtlar va butalarni parvarish qilish. Har xil yashil ko'chatlarga joy ajratish.
- Tokning tuzilishi, o'sishi va meva berishi: Tok o'simligining organlari va qismlari. Har bir organ va qismining ahamiyati. Novda va kurtaklarning har xil turlari gulning tuzilish hususiyatlari. Shingillarning tuzilishi va turlari. Uzum g'ujumining shakli va tuzilishi. Tok o'simligining o'sish va meva berish hususiyatlari.
- Ekish materialini etishtirish: Tokni o'rug'dan ko'paytirish va foydalanish. Tokni vegetativ ko'paytirish. Vegetativ ko'paytirish, qalamchalash, parhishlash usullari. Tok qalamchalarini tayyorlash. Tok navdasini etilish belgilari. Tayyorlangan qalamchaning uzunligi va yo'g'onligi. Qalamchalarni saqlash sharoiti.
- Toklarni ko'mib qo'yish: Tok o'simliklarini issiqlikka, yorug'likka, tuproqqa, suvga bo'lgan talabini xisobga olgan holda joy tanlash. Tokni ko'mish uchun joy tayyorlash. O'g'itlash normasi va muddati. Tokzordagi qatorlarning oziqlanish (ekish sxemasi) maydonini aniqlash. Chuqurlar kavlash.
- Yosh va hosilga kirgan toklarni parvarish qilish: Yosh toklarni parvarish qilish usullari. So'rilarning turlari va so'ri o'rnatish. Tuproqni ishlash, sug'orish, o'g'itlash. Qalamchalar ko'karmay kolgan erlarga qo'shimcha ko'chat ekib to'ldirish, parxish qilish, tok novdalarini uchini qirqish. Homtok qilish, bachki novdalarini yulib tashlash.
- Bog'- tokzorlarning zararkunandalari va kasalliklari: Meva va uzumning zararkunandalari va kasalliklari haqida umumiy maolumotlar. Ularga qarshi kurash choralari. O'zbekistondagi bog'lar, uzumzorlar, rezavor ekinlarning asosiy zararkunandalari.