Технологик жараёнларни автоматлаштириш фанидан маърузалар матни
Ushbu kitob avtomatika va avtomatlashtirish asoslarini, tipik texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda avtomatik rostlash sistemalaridan tortib, turli xil tipik zvenolarni tahlil qilish, ularning xarakteristikalari, loyihalashtirish bosqichlari va iqtisodiy samaradorligini baholashgacha bo'lgan masalalar ko'rib chiqiladi. Qo'llanma, asosan, texnik oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sohasida bilim beradi.
Asosiy mavzular
- Avtomatika fani va uning asosiy tushunchalari: Avtomatika fanining ta'rifi, vazifalari, kibernetika bilan aloqasi, avtomatik boshqarish sistemalarining turlari, avtomatlashtirishning bosqichlari va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, fanning rivojlanish tarixi, asoschilari haqida ma'lumot berilgan.
- Avtomatika va avtomatlashtirish elementlari: Avtomatik sistemalarda qo'llaniladigan asosiy elementlar - sezuvchi elementlar (datchiklar), kuchaytirgichlar, ijrochi elementlar va rostlovchi elementlarning vazifalari, turlari va ishlatilish prinsiplari ko'rsatilgan. Shuningdek, meterologiya elementlari haqida ma'lumot berilgan.
- Modda miqdorini va sarfini o'lchash: Suyuqlik va gazsimon moddalarning sarfini o'lchash usullari, bosim farqiga asoslangan o'lchagichlar, induksion sarf o'lchagichlar va suyuqlik sathini o'lchash asboblari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Diafragma, soplo, Venturi soplolari kabi elementlarning ishlash prinsiplari tushuntirilgan.
- Signal kuchaytirgich elementlar: Signal kuchaytirgichlarning vazifalari, turlari (elektrik, pnevmatik, gidravlik), asosiy parametrlari (kuchaytirish koeffisienti, quvvat) va ularga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqilgan. Elektron, pnevmatik va gidravlik kuchaytirgichlarning ishlash prinsiplari ochib berilgan.
- Ijrochi va rostlovchi organlar. Boshqarish elementlari: Texnologik ob'ektlardagi rostlovchi va boshqaruvchi organlarning turlari, vazifalari. Ijrochi elementlarning turlari (elektrik, pnevmatik, gidravlik) va ularga qo'yiladigan talablar. Texnik jarayonlarda insonning ishtirokiga ko'ra avtomatlashtirish turlari.
- Avtomatik obektlarning xususiyatlari: Avtomatik boshqarish sistemalarida avtomatik obektlar haqida ma'lumot berilgan,Ularning ishlash prinsiplari va tasnifini,xarakteristikalari o'rganilgan. Ob'ektning akkumulyatorlik xususiyati, o'zicha tenglashish xususiyati va shuningdek o'tish vaqti haqida ma'lumot berilgan.
- Avtomatik rostlash sistemasi va uning elementlarini analiz qilish: Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikasiyasi, dinamik xususiyatiga asoslangan klassifikasiyasi va shu bilan birga logarifmik va chastotali xarakteristikalari o'rganilgan. U o’z ichiga uzatish funksiyasi, tipik kirish signallari va sistemaning dinamik xususiyatlarini ham oladi
- Avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy tipik zvenolari va ularning xarakteristikasi: Proporsional va kuchaytiruvchi zveno, Ideal integrallagich zveno, Ideal-differensiallagich zveno. Ketma-ket ulangan zvenolar. Zvenolarning parallel ulanishi. Zvenolarning teskari bog'lanish zanjiri orqali ulanishi. har birining umumiy sxemasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan.
- Turg'unlik tushunchalari va aniqlash usullari: Avtomatik boshqarish sistemalarining (ABS) turg'unligi tushunchasi, turg'unlikni aniqlash usullari: Gurvits mezoni, Mixaylov mezoni va Naykvist mezoni batafsil yoritilgan.
- Avtomatik regulyator turlari: Avtomatik regulyatorning tuzilishi, rostlash qonunlarining klassifikasiyasi, regulyator tanlash, texnologik ob'ektlarni avtomatlashtirishga tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning prinsipial sxemalari tahlil qilingan.
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash: Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari, avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlari, texnologik jarayonlari avtomatlashtirish sxemalari, texnologik ob'ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash, parametrlarni kayd etish usuli va avtomatlashtirsh sistemalarining texnik - iqtisodiy samaradorligi ko'rib chiqilgan.
- Tipaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning tipaviy ob'ektlari, Sarfni rostlash ob'ektlarini va materiallarni uzluksiz dozalashni avtomatlashtirish va Sarflarning nisbatini ARS (avtomatik rostlash sistemasi bilan ifodalash).
- Aralashtirish jarayoni ob'ektini avtomatlashtirish: Aralashtirish jarayoni ob'ektining umumiy tavsifi, Absotsiya jarayoni ob'ekti qanday avtomatlashtiriladi, Kuritish jarayoni ob'ektini avtomatlashtirish va Kimyoviy texnologik jarayonlar qanday avtomatlashtiriladi kabi savollarga javob berilgan.