Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi
Ushbu kitobda organizmlarning ko'payish usullari, jinsiy va jinsiz ko'payishning biologik ahamiyati, meyoz va uning bosqichlari, ontogenez va uning tiplari, rivojlanish davrlari, jinsiy hujayralarning tuzulishi va shakillanishi, nasldan-naslga oʻtish qonuniyatlari va biologik jarayonlarning molekulyar asoslari kabi biologiya fanining muhim sohalari yoritilgan. Kitobda, shuningdek, hujayra tuzilishi, genetik moddalar, mutatsiya va ularning ahamiyati, evolyutsiya jarayonlari hamda ekologik muammolar haqida maʼlumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Organizmlarning ko'payish usullari: Jinsiy va jinsiz ko'payishning xillari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, bir hujayrali va ko'p hujayrali organizmlarda ko'payish jarayonlari.
- Jinsiy ko'payishning biologik ahamiyati: Jinsiy ko'payishning evolyutsion ahamiyati, genetik xilma-xillikni ta'minlashdagi roli.
- Meyoz: Meyozning bosqichlari, xromosomalarning reduksiyasi, genetik kombinatsiyalar hosil bo'lishi.
- Ontogenez: Organizmlarning individual rivojlanishi, ontogenezning davrlari va tiplari.
- Jinsiy hujayralarning tuzilishi: Tuxum hujayra va spermatozoidning tuzilishi, gametogenez jarayoni.