Русский язык
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida rus tilini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, rus tili grammatikasi, fonetikasi va leksikasining asosiy jihatlarini qamrab oladi. Qo'llanma rus tilida so'zlashuv ko'nikmalarini rivojlantirishga, tilning grammatik tuzilishini tushunishga va lug'at boyligini oshirishga qaratilgan. Unda rus tilining fonetik xususiyatlari, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi bo'limlari, shuningdek, madaniy-ma'rifiy mavzularga oid matnlar mavjud. Qo'llanma darslik, mashqlar to'plami va mustaqil o'rganish uchun qo'llanma sifatida foydalanishga moslashtirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Rus tilining O'zbekistondagi ahamiyati, o'qitish metodikasi va til o'rganishning asosiy maqsadlari ko'rsatilgan.
- Fonetikа: Rus alifbosi, unlilar va undoshlar, urg'u va intonatsiya qoidalari.
- Leksika: So'zning leksik ma'nosi, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, frazeologizmlar.
- Morfologiya: So'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, ko'makchi so'zlar, undovlar) va ularning grammatik xususiyatlari batafsil yoritilgan.
- Sintaksis: So'z birikmalari, gap turlari, gap bo'laklari va ularning sintaktik vazifalari.
- O'zbekiston: O'zbekistonning mustaqilligi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosatiga oid matnlar va dialoglar.
- Ta'lim: O'zbekistondagi ta'lim tizimi, oliy o'quv yurtlari va ularning faoliyati.
- Madaniyat: O'zbekistonning madaniy merosi, san'ati, adabiyoti va an'analari.
- Texnika va texnologiya: O'zbekistonda texnologiyalarning rivojlanishi va texnikaviy yutuqlari.
- Mehnat faoliyati: Kasblar, ish joylari, intervyu va ish topish mavzularida matnlar.
- Tilshunoslik: So'zning tarkibi, so'z yasalishi va so'z turkumlarining xususiyatlari.
- Badiiy adabiyot: Adabiyot namunalarini o'qish va tahlil qilish ko'nikmalari.