Samdaqi negizida landshaft dizayni bo’yicha texnopark loyihasini yaratish
Ushbu kitob O'zbekiston Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Institutida SamDAQI negizida landshaft dizayni bo'yicha texnopark loyihasini yaratishga bag'ishlangan bitiruv malakaviy ishi(loyihasi)ning tushuntirish xati.
Asosiy mavzular
- Arxitektura-rejalashtirish qismi: Samarqand viloyatining tabiiy-iqlimiy sharoitlari, tuproqlari, issiqxonalar va oranjereyalar, kichik arxitektura shakllari va dekorativ qurilmalari haqida ma'lumot beriladi. Texnoparkka kirish darvozasi, pavilyonlar, rotondalar, bolyustradalar va ko'prikchalar ko'rib chiqiladi.
- Badiiy qism: Bog'-park kompozitsiyasini tashkil etishdagi asosiy uslublar, peyzaj qurishning asosiy qoidalari, bog'-park kompozitsiyasida estetik shartlarni hisobga olish talablari, ranglar nazariyasi va uning peyzaj qurishdagi ta'siri, landshaft arxitekturasi va dizaynining tabiiy elementlari (iqlim, mikroiqlim, tuproq, relyef) yoritiladi.
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi: Yong'in vaqtida odamlarni o'quv xonalari va zallardan evakuatsiya qilish vaqtini hisoblash usullari ko'rsatiladi.
- Ekologiya qismi: Inson ekologiyasining mohiyati, insonning rivojlanishida ijtimoiy-ekologik omillar rolining ortib borishi, suv va suvli kompozitsiyalar, suvli kompozitsiyalar muhitga ta'siri haqida ma'lumot beriladi.