Заманагөй ашық хабар системаларының сыпатламасы

Kitob axborot xavfsizligining dolzarb muammolariga bag'ishlangan bo'lib, globallashuv sharoitida axborot oqimlarining inson ongiga ta'siri, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga tahdidlar, ularning oldini olish yo'llari hamda axborot sohasida huquqiy ta'minot masalalari ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Axborot xavfsizligi tushunchasi: Axborot xavfsizligi sub'ektlarning manfaatlarini muhofaza qilish, tahdidlarning turlari va ularni bartaraf etish usullari.
  • Axborot-psixologik xavfsizlik: Axborot xurujining psixologik xuruj sifatida namoyon bo'lishi, inson va jamiyat, shaxs va uning daxlsizligi, tarixiy va madaniy meroslarni asrash.
  • Axborot orqali ta'sir vositalari: Radio, televideniye, matbuot, internet kabi vositalar yordamida axborot uzatish, ularning ta'sirchanlik darajasi va xususiyatlari.
  • Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari: Tashqi va ichki tahdidlar guruhlari, insonlarni chalg'itish, o'zini va yon atrofidagilarni aynan bir xilda qabul qilish imkonini bermaydigan axborotlar.
  • Axborot sohasidagi huquqiy ta'minot: Axborot olish kafolatlari, axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari, axborotlashtirish to'g'risidagi qonunlar hamda axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalanish qoidalari.
  • Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga erishish yo'llari: demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini ta'minlash; qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta'sir ko`rsatishga, uni chalg'itishga yo'l qo'ymaslik; jamiyatning ma'naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish