Валеология асослари
Ushbu kitob valeologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, unda sog'lom turmush tarzi asoslari, inson salomatligi, ekologik muammolar, irsiy va yuqumli kasalliklar hamda ularning oldini olish masalalari yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga valeologiya fanidan bilim berish va sog'lom hayot ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Valeologiya fanining tarixi, maqsadlari va vazifalari: Ushbu mavzu valeologiya fanining paydo bo'lishi, rivojlanishi, asosiy maqsadlari, vazifalari va tadqiqot uslublarini o'rganadi. Valeologiyaning tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar bilan aloqadorligi ham ko'rib chiqiladi.
- Salomatlik haqida tushuncha: Ushbu mavzu salomatlikning ta'rifi, turlari, mezonlari, salomatlikka ta'sir etuvchi omillar (irsiy, ekologik, ijtimoiy) va ularni baholash usullarini o'rganadi.
- Ontogenez nazariyasi va salomatlik: Ushbu mavzu ontogenez (individual rivojlanish) bosqichlari, embrional va postnatal davrlar, ularning o'ziga xos xususiyatlari va salomatlikka ta'siri haqida ma'lumot beradi.
- Xavfli va zaif davrlar nazariyasi: Ushbu mavzu inson hayotidagi xavfli davrlar (homiladorlik, bolalik, o'smirlik, keksalik) va ularning salomatlikka ta'sirini o'rganadi. Ushbu davrlarda sog'lom turmush tarziga rioya qilish va profilaktika choralarini ko'rish muhimligi ta'kidlanadi.
- Tibiy nazorat usullari: Ushbu mavzu jismoniy rivojlanishni baholash, antropometriya, somatoskopiya, somatometriya,funksional sinamalarni o'z ichiga olgan tibiy nazorat usullarini o'rganadi. Ma'lumotlar olish uslubi yoritilgan.
- Yurak-qon tomir tizimini tekshirish: EKG uslubi,Qon bosimni aniqlash,Velosiped yordamida yurakning funksional holatini aniqlash tartibi.
- Irsiyat va salomatlik: Genotip va fenotip tushunchasi haqida,nasldan naslga o'tuvchi omillar xususiyatlar haqida tushunchalar beradi.Irsiylangan kasalliklarning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
- Zararli odatlar: Chekishning inson tanasiga ta'siri, nafas olish a'zolarida kelib chiqadigan o'zgarishlar, kashandalikning salbiy oqibatlari haqida ma'lumot beradi.
- OITS haqida tushuncha: Ushbu mavzu OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) va OIV (inson immunitet tanqisligi virusi) haqida tushuncha beradi,ularning kelib chiqish sabablari va tashxis usullari,tarqalish yo'llari bilan tanishtiradi.
- Yod tanqisligi: Ushbu mavzuda Yod tanqisligini organizmga yetishmasligi ,kasallikni keltirib chiqarish holatlari tushuntiriladi.