Сабзавотчилик экин майдонлари таркибини оптималлаштириш ва уни иқтисодий самарадорлиги
Ushbu kitob qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, yer resurslaridan unumli foydalanish, sabzavotchilikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, agrar islohotlar, fermer xo'jaliklarining faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullarini qollash masalalariga bag'ishlangan.
Asosiy mavzular
- O'simlikchilik ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash muammolari: Ushbu bo'limda mavzuni nazariy asoslash, foydalanilgan manbalarga sharhlar, iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muammolarining qo'yilishi, qo'llaniladigan usullar, masalada qo'yilgan muammolarni tekshirish va ularning yechimi, yer resurslari va ulardan foydalanish, fermer xo'jaligining faoliyatiga tavsifnoma kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirishda optimallashtirish masalasi va uning matematik modeli: Bu bo'limda o'simlikchilik mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirishda optimallashtirish masalalarining o'rni, matematik modellashtirishning nazariy asoslari, masalada o'zgaruvchilar va cheklashlar sistemasi hamda ularning iqtisodiy mohiyati, masalani optimaallik mezoni va iqtisodiy-matematik modeli kabi masalalar o'rin olgan.
- Sabzavotchilik ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi: Bu bo'lim sabzavotchilik ekin maydonlari tarkibini optimallashtirishning sonli iqtisodiy-matematik modelini tuzish va masalani kompyuterda amaliy dasturida yechish va olingan optimal yechim natijalarnin iqtisodiy tahlili kabi masalalarni o'z ichiga oladi