Автосервис корхоналари ишлаб чиқариш техник базалари
Ushbu kitob avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish stansiyalari (TXKS)ni tashkil etish, ularni loyihalash va joriy etish masalalarini yoritadi. Unda avtoservis korxonalarining turlari, tuzilishi, texnologik jarayonlari, jihozlari va xavfsizlik choralari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob talabalarga, avtoservis sohasida ishlaydigan mutaxassislarga va tadbirkorlarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Avtoservis korxonalarining IChTBsi to'g'risida asosiy tushunchalar va ularga qo'yiladigan talablar: Bu mavzuda avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish-texnik bazasi (IChTB) nima ekanligi, uning tuzilishi, tarkibi, o'ziga xos xususiyatlari va korxonalarga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, fanning maqsadi, vazifalari va uni o'rganish tartibi ko'rib chiqiladi.
- Avtoservis korxonalari turlari va tavsifi: Bu mavzu avtoservis korxonalarining vazifalari, tavsiflari, asosiy ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari (quvvati, ish tartibi, shaxobchalanishi, ixtisoslashtirilishi va boshqalar) haqida ma'lumot beradi. Jahon amaliyoti tajribalari va avtoservis korxonalarining rivojlanish tendensiyalari ham yoritiladi.
- Avtoservis korxonalarini ishlatish-texnik baza (ITB)ni rivojlantirishning texnik-iqtisodiy muammolari: Ushbu mavzu avtoservis korxonalarida ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari, ularning optimal nisbati, jihozlar bilan ta'minlanganlik koeffitsienti, mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi, asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsienti, ta'mirlash ishlarining unumdorligi va ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda texnik darajasini ko'tarishning asosiy yo'nalishlarini o'z ichiga oladi.
- Avtoservis korxonalarini (AK) Texnologik loyihalash: Bu bo'lim Maxsuslashtirilgan avtomarkazlar, TXKS turlari, klassifikatsiyasi va tarkibi. Loyihalashning ITBni rivojlantirishdagi o'rni, loyihalash tartibi va ketma-ketligi. Texnologik loyihalashning asosiy bosqichlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
- Avtomobillarga ТХХ ko‘rsatish stansiyasining texnologik hisobi va ishlab chiqarish quvvatini asoslash: Ushbu mavzuda TXKSning servis xizmat turi, joylashish o‘rni va ish tartibini tanlash, stansiya xizmatidan foydalanuvchi avtomobillar soni va turini aniqlash hamda hisoblash, avtomobillarga TXX va ta’mirlash ishlari bo‘yicha kunlik va yillik ishlab chiqarish dasturini, shular hajmini hisoblash bilan bog'liq ma'lumotlar keltirilgan.
- Avtomobillarga ТХХ ко'rsatish stansiyasida ishlarni bajarishning texnologik yo'riqlari: Mazkur bobda mintaqa va uchastkalarning ish tartibi ATXK va tashxislash ishlarini tashkil etish usullarini tanlash va asoslash, TXX va JT joylari va ulardagi ishchilar sonini hisoblash, ishlab chiqarish binolari va omborxonalar maydoni, saqlash va kutish hamda yordamchi binolar maydonlarini hisoblash va tarkibini aniqlash batafsil bayon etilgan.
- Avtomobilarga Texnik Xizmat Ko'rsatish Stansiyasining (TXKS)ni (ATXK) texnologik Jihozlari: Ushbu bobda texnologik jihozlarning tarkibi va klassifikatsiyasi, moylash va yonilg'i quyish jihozlari, ko'tarish ko'rish va ko'tarish tashish jihozlari, nazorat qilish va tashxislash jihozlari, bo'yash quritish va ta'mirlash tiklash jihozlari keltirilgan hamda ularni tanlash, hisoblash, montaj qilish va foydalanish qoidalari batafsil yoritilgan.
- Avtomobilь transportida xavfsizlik ta'minoti: Avtoservis korxonasida yong'inlar xavfsizligini ta'minlash, gazdan zaharlanish va elektr tokidan himoyalanish, mehnat gigiyenasi va xavfsizlik texnikasiga oid ma'lumotlar keltirilgan.