Ona tili va bolalar adabiyoti

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchilari uchun mo'ljallangan "Ona tili va bolalar adabiyoti" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitobda maktabgacha ta'lim ixtisosligi bo'yicha talabalarga ona tili va adabiyotni o'qitishning nazariy va metodologik asoslari bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Til haqida umumiy ma'lumot. Hozirgi o'zbek adabiy tilining maqsad va vazifalari. O'zbek adabiy tilining mundarijasi va bo'limlari: Til ijtimoiy hodisa ekanligi, uning taraqqiyoti, tillarning tasnifi, o'zbek adabiy tilining predmeti, maqsadi, vazifalari, mundarijasi va bo'limlari, tilning tuzilishi, tovushlar tizimi, lug'at boyligi, grammatik qurilishi kabi masalalar yoritilgan. Til va tafakkur o'zaro bog'liqligi, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, tillarning geneologik, morfologik, areal va funktsional tasniflari, qarindosh tillar oilalari, oltoy tillar oilasi, turkiy tillar guruhlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Oʻzbek adabiy tili va uning taraqqiyot bosqichlari. Adabiy til tushunchasi. Oz'bek milliy tili va uning lahjalari: Hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari, nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o'zgarishlar, tilning lug'at boyligidagi o'zgarishlar, tilning grammatik qurilishidagi o'zgarishlar, o'zbek milliy tili va uning lahjalari, qarluq, qipchoq, o'g'uz lahjalari, milliy til va adabiy til tushunchalari, adabiy tilning vazifalari, adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari haqida ma'lumot beriladi.
  • Fonetika. Fonetikaning predmeti va vazifasi: Fonetikaning predmeti, maqsadi, vazifalari, fonetikaning bo'limlari, nutq tovushlari, ularning tasnifi, umumiy fonetika, tarixiy fonetika, qiyosiy fonetika, tavsifiy fonetika, eksperimental fonetika, tovushlarning sifat va miqdor belgilari, tebranish, tovush kuchi, balandligi, tembri, nutq tovushlarining artikulyatsiyasi, nafas apparati, bo'g'iz, og'iz bo'shlig'i, burun bo'shlig'i va markaziy nerv sistemasi haqida ma'lumot berilgan.
  • Unli va undosh tovushlarning oʻzaro munosabati. Unli tovushlar tasnifi va tavsifi, undosh tovushlar tasnifi, undosh tovushlar tavsifi: Unli va undosh tovushlarning farqli tomonlari, unli tovushlar tasnifi (tilning gorizontal, vertikal harakati, lablarning ishtiroki), unli tovushlar tavsifi, undoshlar haqida ma'lumot, undosh tovushlar tasnifi (hosil boʻlish oʻrniga koʻra, hosil boʻlish usuliga koʻra, ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra), undosh tovushlar tavsifi haqida malumot berilgan.
  • Nutqning fonetik boʻlinishi, urgʻuning xususiyatlari, soʻz urgʻusi va gap urgʻusi: Nutqning fonetik boʻlinishi (fraza, takt, fonetik soʻz, boʻgʻin, tovush), urgʻuning xususiyatlari, soʻz urgʻusi, gap urgʻusi, soʻz ursi va gap urgʻusining farqli tomonlari, fonetik va nofonetik omillar, urug` tizimlari haqida o'rganiladi. So'z urg`usi, uning turlari, gap urg`usi haqida ham ma'lumot beriladi.
  • Fonema va uning variantlari. Fonemaning uch asosiy tomoni: Soʻz tilning asosiy birligi, nutq tovushlari esa tilning eng kichik bo'lagidir. Soʻz ma'nosini farqlash uchun xizmat qiladigan nutq tovushlari fonema deyiladi. Fonema nutq tovushlarining asosiy qismi yoki uni ng asosiy tipidir. Nutq tovushining ma'no ajratish uchun xizmat qilmaydigan qismi fonemaning variantlaridir. Fonemaning uch tomoni bor: Akustik tomoni (eshitilishi), Fiziologik yoki artikulyatsion tomoni (aytilish yoki talaffuzi), Sotsial tomoni (ma'no ajratish tomoni).
  • Affiksal morfemalarning turlari va xususiyatlari. Soʻz yasalishi haqida umumiy ma'lumot. Hozirgi va tarixiy soʻz yasalishi. Soʻz yasash usullari: Affiksal morfemalarning turlari (soʻz yasovchi, soʻz oʻzgartiruvchi, shakl yasovchi), ularning tuzilishi, shakl va ma'no munosabatlariga ko'ra turlari haqida ma'lumot beriladi. So'z yasalishida ishtirok etuvchi komponentlar ya'ni yasovchi asos va yasovchi affiks yoki yasovchi asos va yasovchi asoslarning har xil ko'rinishda bo'lishi tushuntiriladi.
  • Leksikologiya haqida umumiy ma'lumot: Leksikologiyaning predmeti, leksikaning ichki va tashqi tomondan tekshirilishi, semasiologiya, etimologiya, leksikografiya, leksikologiyaning tilning fonetika va grammatika bo'limlari bilan bog'liqligi, so'zning leksik va grammatik ma'nolari, so'zlarning og'zaki va yozma shakllari haqida ma'lumot beriladi.
  • Soʻzlarning ma'no munosabatiga koʻra turlari. Bir ma'noli va koʻp ma'noli soʻzlar: Bir ma'noli va koʻp ma'noli soʻzlar, ma'no taraqqiyoti qonunlari (ma'no koʻchishi, ma'no kengayishi, ma'no torayishi), omonim, sinonim, antonim soʻzlar, milliy til va uning tarkibiy qismlari (adabiy til, sheva, soʻzlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm, varvarizm) haqida ma'lumotlar keltirilgan.