Islom dini asoslari va ma'naviyati

Ushbu kitobda islom dinining shakllanishi, Movarounnahrga kirib kelishi, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islomiy ilmlar rivojiga qo'shgan hissasi, islomiy axloq masalalari, islomda ma'naviyat va ma'rifatga e'tibor, islom shariati asoslari, ota- ona va farzandlar hamda ustoz va shogird munosabatlari, shuningdek, islom va mas'uliyat kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Islom dinining shakllanishi: Islomning kelib chiqishi, payg'ambarlarning roli, Muhammad alayhissalomning faoliyati, Islomiy davlatning qurilishi, Islomiy davlatchilikning muddati haqida ma'lumotlar.
  • Islomning Movarounnahrga kirib kelishi: Arablarning O'rta Osiyoni bosib olishi, Islomning Markaziy Osiyo madaniyati va iqtisodiyoti, boshqa jixatlariga ijobiy ta'siri, islom aqidalari va marosimlari.
  • Dunyoviy davlatning dinga munosabati: Dunyoviy davlat va din, Diniy bag'rikenglik g'oyasi, Vijdon erkinligi to'g'risidagi qonun. Rivojlangan davlatlarda din bilan davlat o'rtasidagi munosabatlar.
  • Islom sharoiti manbalari: SHariat qonunlarining yaratilishi, Fikiosshunos olimlar, Dant-xuquqiy mazxablar va Shariat manbalari.
  • Islomdagi oqimlar va mazxablar: Sunniylar, SHialar va Mazxablar. Ijtimoiy va siyosiy sharoit ta'sirida turli yo'nalish, mazhab va oqimlarning vujudga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta'siri.
  • Markaziy Osiyo buyuk mutafakkirlarining ma'naviy merosi: Islom ma'naviyati va Xadisshunoslik. Falsafiy bilimlar rivoji. Tabiiy bilimlar rivoji. Islom dini manbalarini o'rganishda Movarounnaxr olimlarining o'rni.
  • Islomda ilm, ilm axlini ulug'lash va ahloq - odob masalasi: Islomda ilm olishga va ilm axliga munosabat. Islomda muomala madaniyati. Islom ma'naviy kamolotida islom dini. Jamiyat odobi. Islomiy ahloq.
  • Islomda oila va farzand tarbiyasi: Oilaning mukaddasligi. Ota-ona va kattalarga munosabat. Islomda ota-onani ulug'lash. Oila muqaddasligi. Nikox jamiyatning tanazzuldan saqlovchidir.
  • Islom va tasavvuf: Tasavvufning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoit. Tasavvuf tariqatlari. Tasavvuf ta'limoti olimlari. Tasavvuf nima. Lug'aviy ma'nosi hamda tasavvufning asosiy maqsadi - inson kamoloti.
  • Islom ahloqini targ'ib etishda payg'ambar va ulug' solix insonlarning o'rni: Islomni targ'ib qilishda Muhammad SAV ning o'rni. Imom Buxoriy, At-Termiziy, Motirudiylarning xizmatlari.