Avtotransport vositalari servisi. 2-qism. Servis korxonalarini texnologik jihozlash
Ushbu kitob avtomobilsozlik va transport sohasining rivojlanish istiqbollari, korxonalarni texnik jihozlash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash jarayonlari, zamonaviy jihozlar va ulardan foydalanish usullari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Texnologik jihozlarning turlanishi: Ushbu bo'limda texnologik jihozlarning tasnifi, vazifalari, asosiy guruhlari va avtotransport vositalarini diagnostikalash, texnik xizmat ko'rsatish hamda ta'mirlash ishlarida ishlatiladigan texnologik jihozlarning tasnifi ko'rib chiqiladi.
- Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko'rsatish uchun kerakli texnologik jihozlar: Ushbu bo'lim avtomobillarni yuvish, tozalash, quritish, kuzovlarni ta'mirlash va bo'yash uchun ishlatiladigan jihozlar, ularning turlari, texnik xususiyatlari va qo'llanilish sohalarini yoritadi.
- Avtomobillarning tortish-iqtisodiy xususiyati va dvigatelini diagnostikalash, TXK va JT ishlari uchun jihozlar: Ushbu bo'limda avtomobillarning tortish-iqtisodiy xususiyatlarini aniqlovchi jihozlar, ta'minot tizimini diagnostikalash jihozlari, elektr jihozlarni diagnostikalash jihozlari, dvigatel krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlarining texnik holatini nazorat qiluvchi jihozlar hamda dvigatelni ta'mirlash jihozlari haqida ma'lumot berilgan.
- Avtomobilning xarakat xavfsizligini ta'minlovchi tizim va birikmalarini diagnostikalash, texnik xizmat ko'rsatish va taʼmirlash jihozlari: Bu bo'limda avtomobillarning boshqaruv tizimlarini diagnostikalash jihozlari, yoritgichlarni nazorat qiluvchi jihozlar, g'ildiraklarni o'rnatish burchaklarini diagnostikalash jihozlari, avtomobil osmasini diagnostikalash jihozlari, transmissiya agregatlari texnik holatini aniqlovchi va ularga texnik xizmat ko'rsatuvchi jihozlar hamda moylash va to'ldirish ishlari uchun jihozlar haqida ma'lumot berilgan.
- Avtomobil va uning agregatlarini ajratish yig'ish, nazorat qilish, sinash, ko'tarish-tashish jihozlari: Ushbu bo'lim rezbali va presslangan birikmalarni ajratish-yig'ish jihozlari, avtomobillarni ko'tarish qarash qurilmalari hamda garaj domkratlari haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda qo'llaniladigan nostandart jihozlar va maxsus asbob-uskunalar: Ushbu bo'limda nostandart jihozlar va maxsus asbob-uskunalarning turlanishi, nostandart texnologik jihozlarni loyihalash asoslari va texnologik jihoz uchun kuch mexanizmlari hamda ularni hisoblash asoslari bayon etilgan.
- Servis korxonalarida ishchilarning me'yoriy ish sharoitini ta'minlovchi texnik vositalar: Ushbu bobda bino va xonalarni yoritish, shamollatish, isitish va sovitish tizimlari, texnik ta'minlanganlik tushunchasi va ishlab chiqarishni texnologik jihozlash hamda servis korxonalarida jihozlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish masalalari ko'rib chiqilgan.