O`zbek tili stilistikasi
Ushbu kitob O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti O`zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan "O`zbek tili stilistikasi" fanidan ma`ruza matnidir.
Asosiy mavzular
- Stilistikaning asosiy kategoriya va tushunchalari: Stilistika fani, uning maksadi va vazifalari. "Stil" suzinig izoxi xakida. Uslubshunoslikning ikki kurinishi va lingvistik uslubshunoslikning axamiyati. tayanch atamalar: Stilistika, funksional stilistika, og'zaki va yozma nutq, stilistik sinonimiya, nutq stillari. Tadqiqotchilar stilistikaning o'rganish ob'yekti til stillaril, leksik, grammatik sinonimiya hamda til vositalarining ma'no va qo'llanish imkoniyatlarini tekshirish deb bilsalar ham, lekin bularni yoritishda, klassifikatsiya qilishda, til vositalarining stilistik va emotsional-ekspressiv buyoqlarini tushunishda bir-birlaridan farq qiladilar.
- Tilning funksional uslublari: Vazifadosh uslublar va ularning turlari. Til va nutq tushunchasi. Adabiy me'yor uslubiy me'yor. tayanch atamalar: Funksional uslub, nutq jarayoni, kitobiy uslub, so'zlashuv uslubi, ilmiy nutq uslubi, publististik uslub, rasmiy-ish nutqi uslubi. Jamiyat, unda faoliyat ko'rsatayotgan xalq tinimsiz rivojlanish va taraqqiyotda bo'lgani kabi ularning tili ham uzluksiz boyib borishi tabiiy bir holdir. Juda ko'p asrlardan buyon o'z xalqi va millatining aloqa vositasi bo'lib kelayotgan o'zbek tilining imkoniyatlari uning barcha ko'rinishlarida yana ham kengaydi, zamonlar silsilasida, badiiy ijod jarayonida sayqal topdi. U endi o'zbek xalqi uchun o'zaro aloqa qilish, muloqotda bo'lish va bir-birlariga xabar uzatish vositasigina emas, balki yuksak badiiy-estetik tuyg'ularni ham ifodalaydigan va xuddi shunday ta'sir ko'rsata va zavq bera oladigan nodir boylikka aylandi.
- Sozlashuv uslubi: Adabiy suzlashuv va oddiy suzlashuv uslubi . Suzlashuv uslubiing leksik-frzologik xususiyatlari. Suzlashuv uslubining marfolagik, sintaktik xususiyatlari. tayanch atamalar: So'zlashuv uslubi, adabiy so'zlashuv, oddiy so'zlashuv, uslubiy bo'yoq, emotsional-ekspressiv so'z . Hozirgi o'zbek tilining so'zlashuv stili ikki asosiy turga ajratiladi: adabiy so'zlashuv stili vaoddi y s o'z l ashuv stili. Adabiy so'zlashuv stili tilning adabiy normalariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo'lishi bilan xarakterlanadi. Uning tili sodda: jargon va sheva elementlaridan xolidir. Adabiy so'zlashuv stili o'z adabiy tilini bilgan kishilar uchun tanish va ma'lum bo'lgan asosiy stilb hisoblanadi.
- Rasmiy uslub: Davlat hujjatlari va ish yuritish qog'ozlarining uslubiy xususiyayatlari. Rasmiy uslubning o'ziga xos xususiyatlari. Rasmiy uslubning o'ziga xos xususiyatlari. tayanch atamalar: Rasmiy uslub, normativ-xuquqiy xujjat. Hozirga o'zbek adabiy tilida rasmiy uslub (RU) ning qo'llanish ko'lami O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgandan so'ng g'oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. Xalqaro doiralarda olib boriladigan diplomatik munosabatlar, davlatni boshqarishning zamonaviy usullari, ijtimoiy-siyosiy va gumanitar sohalarda jahonning ilg'or andozalari va texnologiyalarining mamlakatimiz hayoti va xalq xo'jaligiga tatbiq etilishi, respublikamiz hududidagi barcha ma'muriy idoralar va korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda muomala vositasi sifatida o'zbek tilining amal qilishi qonuniy asosga qo'yilib, ish yuritish shu tilda olib borilishi natijasida o'zbek tilini bilishga va o'rganishga bo'lgan talab yanada kuchaydi.
- Ilmiy uslub: Ilmiy uslubning o'ziga xos belgilari. Ilmiy terminalogiyayu. Ilmiy uslubning o'ziga xos jihatlari. Ilmiy uslubning leksik-grammatik vositalari. tayanch atamalar: Ilmiy uslub, aniqlik, mantiqiy izchillik, obyektivlik, monografiya, risola, darslik, o'quv qo'llanma, dastur, maruza, taqriz, referat. Hozirgi paytda ilmiy uslub (IU) jahonning barcha rivojlangan tillarida o'zining alohida lingvistik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi uslub sifatida shakllangan. Jumladan, o'zbek tilida ham u mustaqil FU sifatida mavjud. Lekin o'tgan asrning 80-yillariga qadar bu uslub maxsus tadqiqot ob'yekti bo'lgan emas edi. Uni birinchi bo'lib M.Mukarramov monografik planda o'rgandi, shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
- Publitsistik uslub: Publitsistik uslubning boshqa uslublardan farqi. Publitsistik uslubning leksik, frazalologik, grammatik vositalari. Publitsistik materiallar mazmuni yelementlari. tayanch atamalar: Publististik uslub, gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, teleradio, davriy nashrlar, elektron axborat tizimi. Zamonaviy dolzarb mavzulardagi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni qamrab oladigan «publitsistikaning vazifasi ijtimoiy fikr uyg'otish va uni shakllantirish, ma'lum maqsadga yo'naltirish, hujjatli fakt-ma'lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat» ekan, ijtimoiy faoliyatining bu sohasida xizmat qiluvchi maxsus vositalar va ularning tildan foydalanishdagi maxsus uslubi yuzaga keladiki, bu uslub o'zbek tili FUlari tizimida publitsistik uslub (PU) nomi bilan yuritiladi.
- Badiiy uslub: Badiiy uslubning vazifalari. Badiiy uslub vazifasi haqida qarashlar. Badiiy uslubning boshqa uslublar tizimidagi o'rni. Badiiy uslubning morfologik-sintaktik xususiyatlari. Mavzu uchun tayanch atamalar: Badiiy uslub, badiiy adabiyot stilistikasi, adabiy janr, yozuvchi uslubi, BU-da morfologik xususiyat, BU-da sintaktik xususiyat. Ushbu bobning o'rganilishidan ma'lumki so'z va jumlalarning badiiy uslubdagi qo'llanilishi ko'plab tekshiriladi. Lekin bunday tahlilning usul va maqsadlari grammatpka va stilistikada bir xil emas. Morfologiyada so'z tuzilishi, so'z formasining yasalishi, grammatik ma'no ifodalovchi morfologik vositalar o'rganiladi. Stilistikada esa faqat fikrning u yoki bu emotsional-ekspressiv ottenkasini ifodalashga xizmat qiladigan morfologik formalar tekshiriladi.
- Lingvistik stilistika: Til vositalarining uslubiy emotsional- ekspressiv bo'yoqdorligi. Hozirgi o'zbek adayuiy tilning uslubiy strukturasi. tayanch atamalar: Polisemantik so'zlar, dublet, frazeologizm, eskirgan so'zlar, dealektizm, alliteratsiy, omonimlar, sinonimlar, antonimlar, efemizmlar, jargon. Tilning leksik-frazeologik xususiyatlari. So'zlarning denotativ ma'no bilan bir qatorda konnotativ ma'nolarga ham egaligi ularning funksional va ekspressiv-emotsional chegaralanishlarni keltirib chiqaradi. «Funksional normativ so'zlar» (E. Begmatov), deb nomlanuvchi umumiste'moldagi birliklar qo'llanish chastotasining faolligi, barcha FUlar uchun bab-baravar xizmat qilishi bilan tilimizdagi boshqa leksik guruhlardan ajralib turadi.