O`zbek jadid dramaturgiyasida barkamol avlod va ideal jamiyat talqini
Ushbu kitob o‘zbek jadid dramaturgiyasidagi barkamol avlod va ideal jamiyat masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda jadid adabiyotining shakllanishi, teatrning roli, estetik ideallarning ifodalanishi, komil inson tushunchasi va jamiyatdagi o‘rni kabi masalalar tahlil etiladi. Shuningdek, Fitrat, Cho‘lpon, Avloniy kabi jadid adiblarining dramatik asarlari misolida milliy uyg‘onish g‘oyalari, ma’rifatparvarlik, ozodlik va istiqlol orzulari badiiy talqini ko‘rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Jadid dramalarida estetik idealning adabiy-nazariy omillari: Jadid adabiyotida estetik idealning shakllanishi, milliy uygʻonish davri adabiyotida ma’rifatchilik gʻoyalari va erk orzularining uygʻunlashuvi, teatrning roli va jadid dramaturgiyasining oʻziga xos xususiyatlari.
- Jadid dramaturgiyasida komil inson va ideal jamiyat masalasining badiiy talqini: Komil inson tushunchasining jadid dramasidagi ifodasi, jamiyatning ideal modeli, milliy ozodlik gʻoyalari, ma’rifatparvarlik, ozodlik va istiqlol orzularining adabiy talqini, Fitrat, Choʻlpon asarlarida xotin-qizlar obrazi va uning jamiyatdagi oʻrni.