Turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi

Ushbu kitob turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda turkiy tillarning fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan o'rganiladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish. O'quv fanining talab va maqsadlari: Ushbu mavzuda fanning maqsadlari, vazifalari, ahamiyati, o'rganish metodlari va adabiyotlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Lingvistik metod: Ushbu mavzuda qiyosiy, tipologik, chog'ishtirma, tarixiy va qiyosiy-tarixiy metodlar haqida ma'lumot beriladi. Tovush mos kelishlari va almashunuvlari, analogiya qonunlari tushunchasi yoritiladi.
  • Areal lingvistika: Areal lingvistika tadqiq metodi va arealogiyaning tadqiq manbai. U tilning ma'lum hududdagi tarqalish qonuniyatlarini o'rganadi.
  • Turkiy tillarni genealogik tadqiq va tasnifi: Turkiy tillar oilasi, uning tipologik xususiyatlari, boshqa til oilalariga munosabati haqida ma'lumot beradi. Turkiy tillar tasniflari masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy fonetikasi va grammatikasiga kirish: Qiyosiy-tarixiy fonetika (QTF) nimani oʻrganadi? Turkiy tillarda lisoniy sathlarning oʻzgaruvchanlik darajasi va umumiy fonetik-grammatik xususiyatlari va qonuniyatlari tahlil qilinadi.
  • Turkiy tillarda undoshlar taraqqiyoti: Turkiy undoshlar tavsifi, qattiqlik/yumshoqlik zidlanishining sustlasib borishi va uning bosqichlari hamda turkiy tillarga xos boʻlmagan undoshlarning oʻzlashishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Turkiy tillarda unlilar taraqqiyoti: Turkiy tilarda unlilar taraqqiyoti masalasiga yondashishda ikki xil qarash mavjudligi va unlilar divergensiyasi va qattiqlik/yumshoqlik bilan fonologik farqlanishning undoshlardan unlilarga oʻtishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Turkiy tillarda singarmonizm: Turkiy tillarda singarmonizm hodisasi, turlari, bobotil nazariyasi nuqtayi nazaridan singarmonizm taqaqqiyoti tlqini kabi masalalar yoritiladi.
  • Turkiy tillarda tovush mos kelishlari va almashinuvlari: Tovushlarning mos kelishi va almashinuvi haqida ma'lumot berilib, unlilarda tovush mos kelishlari va almashinuvlari muhokama qilinadi. Undoshlarda tovush mos kelishlari va almashinuvlari oʻzbek tili shevalarida ko'rib chiqiladi.
  • Turkiy tillar morfologiyasi taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlari: Turkiy tillar morfologiik tizimining ustuvorligi haqida va turkiy tillar morfologiyasiga fonetiki tizim ta'siri hamda asosiy yoʻnalishlari ko'rib chiqiladi.
  • Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlari: Til leksikasining oʻzgaruvchanligi, Leksika – xalq tarixi koʻzgusi, turkiy tillar leksikasida asosiy qatlamlar haqida ma'lumotlar jamlangan.