Yakkakurash sport turlari Suzish

Ushbu kitob suzish sportining nazariy va amaliy asoslarini o'rgatishga bag'ishlangan. Unda suzish texnikasi, mashq uslublari, xavfsizlik choralari, sport turlari va ularning rivojlanish tarixi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Suzishga kirish: Suzishning o'rni, ahamiyati, xavfsizlik tadbirlari, suv sporti ishlarining holati va vazifalari.
  • Suzish tarixi: Suzishning kelib chiqishi, rivojlanishi, O'zbekistonda suzish sportining rivojlanishi, olimpiada o'yinlari.
  • Suzish texnikasi asoslari: Suvning xususiyatlari, statik va dinamik suzish, gavda muvozanati, suvning ko'taruvchi kuchi, suzuvchining siljishi.
  • Suzishning sport usullari texnikasi: Krol, chalqancha, delfin, brass usullarining texnikasi, start olish, burilish texnikalari.
  • Suzishga o'rgatish uslublari: O'rgatish usullari, texnikani boshlang'ich uslublari, krol, chalqancha, brass va delfin suzishlar, start olish va burilishlarga o'rgatish uslubi.