Жанубий Ўзбекистонда палеолит даври ёдгорликларининг ўрганилиши тарихидан
Maqolada Janubiy O'zbekistonda paleolit davri yodgorliklarining o'rganilish tarixi haqida ma'lumot berilgan. Unda Markaziy Osiyo кишилик madaniyatining eng qadimgi makonlaridan biri bo'lgan Teshtosh, Amir Temur g'orlari, Machay g'ori va Surxon vohasining Zaraut qoyalari haqida ma'lumotlar yoritilgan. Markaziy Osiyo kiishilik madaniyatining eng qadimgi маконларидан biri ekanligi tarixshunoslik fani bilan shug'ullangan mutaxassislarga ma'lum edi. Antik davrlarda yashab faoliyat ko'rsatgan rimlik tarixchi Pompey Trog Markaziy osiyoliklar kadimiylikda misrliklar bilan bahslasha oladilar, deb bejizga etirof etmagan. O'tgan XX asrning so'nggi 35-40 yili mobaynida, ayniqsa mustaqillik davridan boshlab O'zbekistonda qadimgi davr tarixi moddiy madaniyatini o'rganishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. O'zbekistonda insoniyat xayot faoliyatining ibtidosi hisoblanmish qadimgi tosh asri yodgorliklari ko'plab topilgan. Yurtimiz paleolitshunosligiga oid dastlabki arxeologik tadqiqotlar mamlakatimizning janubiy sarhadlarida, Surxon vohasida boshlangan. Akademik A.P. Okladnikov rahbarligidagi ilmiy gurux tomonidan 1938-1939 yillarda o'rganilgan Teshtosh va Amir Temur g'orlari Surxon vohasidagi eng muhim manzillgohlar sirasiga kiradi.
Asosiy mavzular
- Janubiy O'zbekistonda Paleolit davri yodgorliklari: Janubiy O'zbekistonda paleolit davriga oid yodgorliklarning o'rganilishi tarixi, arxeologik tadqiqotlar va topilmalar haqida ma'lumotlar.
- Teshtosh g'ori: Teshtosh g'ori tarixi, geograik joylashuvi, ahamiyati va undan topilgan neandertal bolaning qoldiqlari.
- Amir Temur g'ori: Amir Temur g'ori tarixi, geograik joylashuvi, tadqiqotlar natijalari va Teshtosh g'ori bilan o'xshash jihatlari.
- Machay g'ori: Machay g'ori tarixi, geograik joylashuvi, tadqiqotlar natijalari va undan topilgan tosh va suyak qurollari.
- Zarautsoy qoyatosh suratlari: Zarautsoy qoyatosh suratlari tarixi, mazmuni va mezoit davri odamlarining hayoti va e'tiqodlari haqida ma'lumotlar.