Маданиятшунослик
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Guliston davlat universitetida madaniyatshunoslik fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Kitob madaniyatshunoslik fanining asosiy tushunchalari, rivojlanish qonuniyatlari, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, islom madaniyati, Uyg'onish davri, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati, Turkistonda ma'rifatparvarlik madaniyati, Milliy istiqlol va O'zbekistonda madaniy taraqqiyot kabi mavzularni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Madaniyatshunoslik fanining maqsadi va vazifalari: Mazkur mavzu madaniyatshunoslik fanining predmeti, vazifalari, ilmiy tadqiqot usullari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tuzilishi va sivilizatsiya tushunchasini o'rganadi. Shuningdek, ma'naviy madaniyatning ilmiy jihatlari ham yoritiladi.
- Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari: Ushbu mavzu moddiy va ma'naviy madaniyat, madaniyatning shaxs bilan bog'liq funksiyalari, sivilizatsiya tushunchasi va madaniyat funksiyalarini o'z ichiga oladi.
- Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati: Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar madaniyati, qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati, Sharq va G'arb diniy madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, islom madaniyatidagi qadriyatlar, uyg'onish davri tushunchasi va namoyandalari, Markaziy Osiyo uyg'onish davri falsafasida dunyoviy madaniyatni qamrab oladi.
- Islom madaniyati: Ushbu mavzu Shart va G'arb dinlari ,Islomning paydo bulishi va markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi,Islom madaniyatiga oid qadriyatlarni qamrab oladi
- Amir Temur va temuriylar davri madaniyati: Mazkur bob Amir Temur va uning avlodlari davrida mamlakatdagi ma'daniy ravnaq, madaniyatga e'tibor,madaniy yodgorliklar haqidagi malumotlarni uz ichiga oladi
- Milliy istiqlol va O'zbekistonda madaniy taraqqiyot: Mazkur mavzu O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi madaniy rivojlanish,milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi,madaniyat sohasidagi yangi islohotlar haqida malumot beradi
- Turkistonda ma'rifatparvarlik madaniyati: Mazkur mavzuda Turkiston xalqlarining ma'rifatparvarlikga intilishi, jadidchilik harakati va ma'rifiy islohatlar haqida ma'lumotlar beriladi.