Агрокимё
Ushbu kitob qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda agrokimyo fanining ahamiyatini, o‘simliklar oziqlanishi, tuproq unumdorligini oshirishda o‘g‘itlarning rolini yoritadi. Kitobda mineral va organik o‘g‘itlarning xossalari, ularni qo‘llash usullari va muddatlari, shuningdek, agrokimyoning ekologik muammolari haqida ma’lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari: Dehqonchilikda moddalar aylanishi, o‘simliklarning oziqlanishi, o‘simlik, tuproq hamda o‘g‘it orasidagi munosabatlar, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish maqsadida o‘g‘itlar qo‘llash hamda o‘simliklar oziqlanishini boshqarish yo‘llari.
- O‘simliklarning kimyoviy tarkibi: O‘simliklarning kimyoviy tarkibi, undagi suv va quruq moddalarning miqdori, mineral va organik moddalar, ekinlarning ximiyaviy tarkibiga bog'liq holdagi sifati, o'simliklarning element tarkibi.
- O‘simliklarning oziqlanishi: Oziqlanish tiplari, o'simlikning havodan oziqlanishi, ildizdan oziqlanishi, yashil o'simliklar karbonat angidrid, suv va oddiy mineral tuzlardan yoruglik energiyasi va bir qancha fermentlar yordamida murakkab organik moddalar hosil qilishi.
- O‘simliklar oziqlanishida tuproq tarkibining va singdirish qobiliyatining ahamiyati: Tuproqning mexanik tarkibi, strukturalik, aeratsiya, o‘g‘itlarning siljishi, organik moddalar, tuproq reaktsiyasi, ionlar antogonizimi, tuproqdagi mikroorganizmlar.
- O‘simliklar hayotida azotning ahamiyati, asosiy azotli o‘g‘itlar: Azotning o'simliklar hayotidagi roli, o'simliklarning o'zlashtirishini ko'rsatib berish, ammofos, ammiakli selitra va barcha azotli o'g'itlarning tasnifi va xossalari.
- Fosforning o‘simliklar oziqlanishidagi ahamiyati va fosforli o‘g‘itlar: Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi ahamiyati, superfosfat, trikaltsiy fosfat va barcha fosforli o'g'itlarning tasnifi va xossalari
- Kaliy va murakkab o‘g‘itlarning olinishi, xossalari va ishlatilishi: Kaliyli o'g'itlar olinishi, o'simliklar hayotida kaliyning ahamiyati, kaliy xlorid, kaliy sulfat va kaliyli o'g'itlarning tasnifi va xossalari.
- Organik o‘g‘itlar. Ko‘kat va bakterial o‘g‘itlar: Organik o'g'itlar ahamiyati, gumus, sideratlar, ko'kat o'gitlar, go'ng va ularning tuproq unumdorligiga ta'siri.
- O‘g‘itlash normalari. Qo‘llash muddatlari va usullari: O'g'itlash muddatlari va usullari, asosiy o'g'itlash, ekish bilan birga o'g'itlash, vegetatsiya davomida o'g'itlash.
- Agrokimyoning ekologik muammolari: Azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlarning tuproqdagi transformatsiyasi, O'g'it solish bilan atrof muhitning ifloslanishi.