Дунёда ноанъанавий энергия манбаларидаи фойдаланиш истиқболлари
Maqolada noan'anaviy energiya manbalari (NEM), tabiat jarayonida uzluksiz ravishda tiklanib turuvchi energiya manbai quyosh nurlanishi energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya, tuproq issiqligi, daryo, tabiiy suv havzalari, shuningdek birlamchi energiya zahiralarining antropogen manbalari: biomassa, biogaz va boshqa organik chiqindilardan olinadigan yoqilg'ilar haqida statistik ma'lumotlar yoritiladi. NEMdan juda tez o'suvchi iqtisod sohalarida keng foydalanilmoqda. Yevropa ittifoqining yetakchi mamlakatlarida Xalqaro energetik agentlikning baholashiga ko'ra NEMdan energiya olish yildan-yilga 10 - 20% gacha oshib bormoqda. Yevrostatistika ma'lumotlariga ko'ra, 2004 yilda Yevropa ittifoqida NEM hisobidan 7.9% elektr energiyasi olingan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2011 yilga kelib 13% ni tashkil etdi. Planetada geliokurilmalarning umumiy quvvati 100 GVt chegara qiymatigacha oshdi. Bu esa Yevropa assotsiatsiyaniig fotoelektrik sanoatining rivojlanishidan darak beradi.
Asosiy mavzular
- Noan'anaviy energiya manbalari: Tabiatda uzluksiz tiklanib turadigan energiya manbalari, jumladan quyosh, shamol, suv, geotermal energiya, biomassa va organik chiqindilarning ahamiyati.
- Yevropada NEMdan foydalanish: Yevropa ittifoqida NEM energiyasining o'sishi, xususan, fotoelektrik qurilmalarning rivojlanishi va elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi.
- Dunyo miqyosida muqobil energiya: Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tendentsiyalari, ularning atrof-muhitga ta'siri va energetik strategiyalardagi ahamiyati.