Gazoxromatografik usulda zaytun moyi yog’ kislotalari tarkibini o’rganish

Maqolada gazoxromatografik usulda zaytun moyi yog' kislotalari tarkibi o'rganilib, zaytun moyining foydali jihatlariga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri ekanligi mulohaza qilingan. Zaytun moyi ishlab chiqarilish hajmi, iste'mol qilinishi va foydalilik darajasiga ko'ra yetakchi o'rinda turadi. Maqolada zaytun moyi yog' kislotalari tarkibini o'rganish dolzarb masala ekanligi ta'kidlangan. Yog' kislotalarni tarkibini o'rganishda gazoxromatografik usul eng samarali usul sifatida qo'llaniladi. Zaytun moyi yog' kislotalari tarkibini gazoxromatografik ajratish uchun metil efirlari holiga o'tkaziladi va analiz usullari tasvirlangan. Maqolada zaytun moyi tarkibida to'yinmagan yog' kislotalari miqdori ko'p ekanligi, xususan olein kislota miqdori poliz o'simliklari moyiga nisbatan ko'proq va linol kislotaniki kamroq ekanligi aytilgan.

Asosiy mavzular

  • Zaytun moyi yog' kislotalari tarkibini o'rganish: Maqolada gazoxromatografik usulda zaytun moyi yog' kislotalari tarkibi o'rganiladi.
  • Gazoxromatografik analiz usuli: Zaytun moyi yog' kislotalari tarkibini gazoxromatografik ajratish uchun metil efirlari holiga o'tkaziladi va keyin gaz xromatografida analiz qilinadi.
  • Zaytun moyi yog' kislotalari tarkibi: Zaytun moyi tarkibida to'yinmagan yog' kislotalari miqdori ko'p, xususan olein kislota miqdori yuqori.