Odam anatomiyasi va antropologiyasi asoslari

Ushbu kitob "Odam anatomiyasi va antropologiyasi asoslari" tibbiyot yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, odam organizmining tuzilishi, to'qimalari, a'zolari va sistemalari haqida ma'lumot beradi. Kitobda har bir a'zo va to'qimaning tuzilishi, vazifasi va rivojlanishi batafsil yoritilgan, shuningdek, antropologik jihatlar ham ko'rib chiqilgan. Material davlat ta'lim standartlari asosida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • Hujayra to`qima a`zolar tizimi: Hujayra va uning organoidlari, to`qima va uning xillari, a`zolar bir butunligi haqida ma'lumotlar beriladi. Odam organizmining tuzilishini tashkil etuvchi asosiy elementlar ko'rib chiqiladi.
  • Suyaklar haqida ma`lumot. SuYuklarning o`zaro birikishi va ularning tuzilishi: Suyaklarning tuzilishi, vazifalari, ichki tuzilishi va o'zaro birikish usullari haqida ma'lumot beriladi. Bo'g'imlar va ularning turlari ko'rib chiqiladi.
  • Gavda skeleti va bosh skeleti: Umurtqa pog'onasi, to`sh suyagi va qovurg'alarning tuzilishi, bosh miya quti suyaklarining tuzilishi va o`zaro birlashishi, yuz suyaklarining tuzilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Qo`l va oyoq skeleti: Yelka kamarini tashkil qilgan suyaklarning tuzilishi va o`zaro birikishi, qo`lning erkin suyaklarining tuzilishi va o`zaro birikishi, chanoq suyagining tuzilishi va boylamlari, oyoqning erkin suyaklarining tuzilishi va o`zaro birikishi ko'rib chiqiladi.
  • Muskullar tizimi. Gavda muskullari: Muskullar tizimi va gavda muskullarining embrional takomil etishi, muskullarning tuzilish xillari ishi, muskullarning yordamchi apparatlari, gavdaning old va orqa muskullari haqida ma'lumot beriladi.
  • Bosh bo`yin va qo`l oyoq muskullari: Bosh va bo`yin muskullari haqida umumiy ma`lumot beriladi, yelka kamari muskullarining tuzilishi, qo`lning erkin suyaklari muskullarining joylashuvi va tuzilishi, chanoq boylamlari haqida ma'lumot, oyoq erkin suyak muskullarining joylashuvi va tuzilishi ko'rib chiqiladi.
  • Ovqat hazm qilish tizimi: Hazm organlarining embrional takomil etishi, og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach va oshqozonning joylashuvi va tuzilishi, ingichka ichaklar, yo`g`on ichaklar, oshqozon osti bezi va jigarning joylashuvi va tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Nafas olish tizimi: Nafas olish organlarining embrional takomil etishi, nafas olish organlari: burun bo`shlig`i, hiqqildoq, traxeya, bronx va o`pkalarni joylashuvi tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Yurak qon tomir tizimi. Yurak: Yurakning embrional takomil etishi, yurak topografiyasi, yurakning tuzilishi, yurakning o`tkazuvchi yo`llari ko'rib chiqiladi.
  • Qon tomir tizimi: Qon tomirlarni embrional takomil etishi, aorta qon tomirlari va uning tarmoqlari, vena qon tomiri va ularning tarmoqlari, kapilyar qon tomirlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Nerv tizimi. Orqa miya: Nerv tizimi (orqa miya) ning embrional takomil etishi, orqa miya ning joylashishi va tuzilishi, orqa miya nervlari ko'rib chiqiladi.
  • Nerv tizimi. Bosh miya: Nerv markazi bosh miyaning embrional takomil etishi, bosh miya qismlari va ularning tuzilishi, bosh miya yarim sharlar po`stlog`i tuzilishi va nervlari, bosh miya nervlari ko'rib chiqiladi.
  • Vegetativ nerv: Periferik nerv markazlari haqida umumiy ma`lumot, vegetativ nerv sistemasi, periferik nerv tolalari haqida umumiy ma'lumot beriladi.
  • Ayirish va tanosil organlari: Siydik hosil qiluvchi organlarning embrional takomil etishi, buyraklarning joylashuvi va tuzilishi, siydik yo`llari va siydik pufagining tuzilishi, erkak va ayol tanosil organlari ko'rib chiqiladi.
  • Ichki sekrepiya bezlari: Ichki sekrepiya bezlarining embrional takomil etishi, gipofiz, epifiz bezlarining joylashuvi va tuzilishi, qalqonsimon, qalqon orqa va oldi bezlarining oshqozon osti buyrak usti va jinsiy bezlarining joylashuvi, biologik ahamiyati ko'rib chiqiladi.
  • Sezgi organlari: Ko`rish a`zosi ko`zning tuzilishi, eshitish a`zosi quloqning tuzilishi, hid bilish, ta`m bilish va teri sezgi a`zolari haqida ma`lumot beriladi.