Modda va energiya almashinuvi

Ushbu kitobda modda va energiya almashinuvi, oqsillar, yog'lar, uglevodlar almashinuvi, vitaminlar va minerallar haqida ma'lumotlar berilgan. Asosan tibbiyot yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Oqsillarning tabiati va ularning fiziologik ahamiyati: Oqsillar, aminokislotalardan tashkil topgan yuqori molekulali organik birikmalar. Ular hayvonlar va o'simliklar organizmidagi barcha to'qima va hujayralarning bosh, muhim qismini tashkil etadi.
  • Nukleoproteidlar almashinuvi: Nukleoproteidlar hujayralar protoplazmasi va yadrosining tarkibiga kirib, oqsillar sintezida katta rol o'ynaydi. Jigar, me'da osti bezi, qalqonsimon bez va boshqa organlarning hujayralari nukleoproteidlarga boy.
  • Yog'lar: Yog'larning asosiy manbai bo'lib ichaklardan so'riluvchi ozuqalar tarkibidagi yog'lar hisoblanadi. Yog'lar va lipoidlar organizmga ko'plab uglevodlar iste'mol qilinganida aynan uglevodlardan va kam miqdorda oqsillardan sintezlanadi.
  • Uglevodlar: Uglevodlar – uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan organik birikmalar. Odatda oddiy, murakkab uglevodlarga farqlanadi.
  • Mineral moddalar almashinuvi: Mineral moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular oqsillar, skelet suyaklari, fermentlar, gormonlar tarkibiga kiradi.
  • Suv almashinuvi: Voyaga yetgan odam uchun bir kecha-kunduzda 2,5-3,0 L suv talab qilinadi va ularni ozuqalar tarkibida va ichimlik suvi bilan qabul qiladi.
  • Vitaminlar va ularning modda admashinuvidagi roli: Vitaminlar yoki odamlar va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo'lgan organik birikmalar guruhidir.
  • Oqsillar almashinuvining boshqarilishi: Organizmda oqsillarni almashinuvini doimo nerv va gumoral tizimlar boshqarib turadi.
  • Yog'lar almashinuvining boshqarilishi: Organizmda yog'lar almashinuvini ham nerv, ham gumoral tizimlar idora etib turadi.
  • Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi: Nerv tizimining uglevodlar almashinuviga ta'sirini dastlab K.Bernar o'rgangan.