Ovqat hazm fiziologiyasi

Ushbu kitob odam va hayvonlar fiziologiyasi, xususan ovqat hazm qilish tizimi fiziologiyasiga bag'ishlangan. Unda ovqat hazm qilishning evolyutsiyasi, organlar tuzilishi va funksiyalari, so'rilish jarayonlari, hazm fermentlarining roli va boshqaruv mexanizmlari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Ovqat hazmining moslanish evolyusiyasi: Ovqat hazmining tuzilishi va funksiyalari oziq-ovqatlarning sifati va miqdoriga moslashuvi, sekresiyaning morfokinetik va morfostatik tiplari haqida ma'lumot beriladi.
  • Ovqat hazmi organlari funksiyalarini Pavlovcha o'rganish usullari: I.P.Pavlovning ovqat hazmi organlarini o'rganishdagi surunkali tajriba usullari, fistulalar qo'yish va so'lak ajralishini o'rganish kabi metodlari bayon etilgan.
  • Og'iz bo'shlig'ida ovqat hazmi: Og'iz bo'shlig'ining roli, so'lak bezlari va ularning funksiyalari, so'lakning tarkibi va hazmlovchi ta'siri, so'lak ajralishining boshqarilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Me'dada ovqatning hazmlanishi: Me'daning tuzilishi, shira tarkibi, fermentlar, xlorid kislotaning roli, me'da harakati va evakuatsiya jarayonlari, shira ajralishining nerv va gumoral boshqarilishi kabi mavzular yoritilgan.
  • Ichakda ovqat hazm bo`lishi: Ingichka va yo'g'on ichaklardagi hazm jarayonlari, ichak shiralarining tarkibi va fermentativ faolligi, so'rilish mexanizmlari va boshqaruv tizimlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O't hosil bo'lishi va chiqarilishi: Jigarning o't hosil qilish funksiyasi, o't suyuqligining tarkibi, pigmentlar va kislotalarning roli, o't chiqarilishining boshqarilishi va ahamiyati yoritilgan.
  • Ovqat hazmi organlarining harakat funksiyalari: So'rish, chaynash, yutish, kavsh qaytarish kabi harakatlar mexanizmlari, ularning boshqarilishi va ovqat hazm qilishdagi ahamiyati bayon etilgan.
  • Ovqat hazm kanalida so'rilishi jarayoni: So'rilish mexanizmlari, oqsillar, uglevodlar, yog'lar, suv va minerallarning so'rilish yo'llari, ularning ahamiyati va boshqaruv tizimlari yoritilgan.