Aylanuvchi detalarning tayanchlarini tanlash va mustahkamlikga hisoblash

Ushbu malakaviy bitiruv ishi aylanuvchi detallarning tayanchlarini tanlash va mustahkamlikka hisoblash masalalariga bag'ishlangan. Ish mashinasozlikda ishlatiladigan dumalash va sirpanish podshipniklarini tanlash va ularni mustahkamlikka hisoblash usullarini o'rganishga qaratilgan. Bitiruv ishi mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashina detallari, materiallar qarshiligi fanlarining metod va usullaridan foydalanib bajarilgan. Unda podshipniklarning turlari, tuzilishi, ishlatish sharoitlari, yemirilish sabablari va hisoblash usullari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Dumalash podshipniklari: Dumalash podshipniklarining turlari, tuzilishi, belgilanishi, yig'ish talablari, zichlovchi moslamalari, nuqsonlari va ta'mirlash usullari, tanlash va hisoblash asoslari.
  • Sirpanish podshipniklari: Sirpanish podshipniklarining turlari, tuzilishi, tayyorlanish usullari, texnik talablar, tanlash va hisoblash asoslari.
  • Podshipniklarni materiallari: Dumalash podshipniklarida halqa va dumalash elementlarida ishlatiladigan materiallar va ularning xususiyatlari.
  • Podshipniklarni ishlatish sharoitlari va yemirilishi: Podshipniklarda halqalarga ta'sir qiluvchi o'zgaruvchan kuchlanishlar, dumalash elementlarini dumalab harakatlanishi natijasida, sikllar soni me'yoridan oshganda, ishchi yuzalar darz yeyishi, vaqt o'tishi bilan bu darz yeyilgan joylarga moylarni katta bosim ostida ta'siri natijasida yuza uvalanishining sodir bo'lish sabablari.
  • Podshipniklarni tanlash va hisoblash: Statik va dinamik yuk ko'taruvchanlik bo'yicha hisoblash, Ekivalent dinamik kuchni aniqlash, Islash muddatini hisoblash, va zaruriy koeffisentlarni tanlash.