Nutq texnikasi va madaniyati

Ushbu kitob ta'lim tizimida nutq madaniyatining ahamiyatini ochib beradi. Unda nutq texnikasi, uning tarkibiy qismlari, pedagogik faoliyatda nutqning roli, notiqlik mahorati, nutqning ta'sirchanligi, so'z boyligi va nutqning uslubiy jihatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda talabalarning nutq madaniyatini rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Ta'lim tizimini isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal taʼlim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi.

Asosiy mavzular

  • Nutq texnikasi: Nutq texnikasi o'qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo'lishi, o'quv materialini o'quvchilar tomonidan puxta o'zlashtirilishini ta'minlash garovidir. Individual suhbat paytidagi baland ovozdan oʻquvchi oʻzini aldanayotgandek his etadi. Bu o'qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg'otadi.
  • Nafas olish: Nafas olish organizmga hayot bagʻishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. Shu bilan birga nutqning energiya bazasi boʻlib ham hisoblanadi. Nutq so'zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi. Dars davomida oʻqituvchi juda ko'p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma'ruza o'qiydi. Agar oʻqituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan boʻlsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir boʻlishi mumkin.
  • Tovush: Tovush chiqarilgan havoni xiqildoqdan oʻtish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush oʻzining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: tovush kuchi – tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog'liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga boʻlgan bosimi qancha katta boʻlsa, tovush ham shuncha kuchli bo'ladi.
  • Diksiya: Diksiya - aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi oʻqituvchi uchun professional zarurat boʻlib, o'qituvchi nutqini oʻquvchilar tomonidan toʻgʻri tushunilishini ta'minlaydi. Talaffo'zning aniqligi aytilayotgan soʻz, bugʻin va tovushlarning qat'iy aniqligidir. U nutq apparati barcha aʼzolarini (lablar, jag', tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bogʻliqdir.
  • Ritmika: Ritmika bu ayrim so'z va boʻgʻinlarning aytilish muddati va to'xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan oʻz oʻrnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki «Nutq ohangi» va to'xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor oʻzgacha hissiy tasir ko'rsatadi.